Sulaymonov Oʻljas Umarovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sulaymonov Oʻljas Umarovich (1936.18.5, Olmaota) — qozoq shoiri, jamoat arbobi, diplomat. Qozoq universiteti geologiya ftini (1959) va M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini (1961) tugatgan. Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi birinchi kotibi (1983 yildan). "Kryilmisan insonga, zamin!" (1961) dostoni birinchi fazogir Yu.A. Gagarinta bagʻishlangan. "Quyoshli tunlar" (1962), "Qutlugʻ tongotar" (1964), "Maymun yili" (1967), "Sopol kitob" (1969) sheʼriy kitoblari, "Oqdaryo ustida" (1970), "Butun baxt" (1975), "Az i YA" (1975) va boshqa sheʼriy, nasriy, esse kitoblari muallifi. Asarlarida qozoq xalqi hayoti, Sharq mavzusi, hozirgi yoshlar takdiri aks etgan. Sheʼrlari falsafiyligi, ritmik izlanishlarga boyligi va sheʼriy birikmalarning murakkabligi 6n ajralib turadi. Oʻzbekistonga bir necha marta kelgan, oʻzbek shoirlari bilan ijodiy aloqada. Ayrim asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan.

Lg .Argʻumoklar, T., 1976; Aylanayin, T., 1988; Az i Ya, Almaata, 1990.