Kontent qismiga oʻtish

Sulaymon posho

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sulaymon posho

Sulaymonning qabri
Tugʻilishi 1306
Vafoti 1357
Bolayır
Turmush oʻrtogʻi

Selçuk xotun

Gülbahar xotun
Farzandlari

Isʼhoq Bey Nosir Melik Bey Ismoil Bey Efendize xotun

Fülane Sulton xotun
Uy Usmoniylar
Otasi Oʻrxon I
Onasi Efendize xotun
Dini Islom, sunniylik

Sulaymon posho (1306[1] – 1357) – Usmoniylar shahzodasi, sulton Oʻrxon I ning oʻgʻli.

1350-yillarda Sulaymon posho Usmoniylarning Yevropa hududlariga qadar dastlabki kengayish harakatlarida muhim rol oʻynagan. Sulaymon Oʻrxonning toʻngʻich va sevimli oʻgʻli boʻlib, ov paytida yuz bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etguniga qadar taxt vorisi hisoblangan[1].

Anʼanaviy Usmoniy tarixshunosligida Sulaymon poshoning onasi Nilüfer xotun boʻlgani, shuningdek, Murod I ning onasi ekani qayd etilgan[2]. Biroq bu fikr zamonaviy tarixshunoslar tomonidan rad etilgan[3][4]. Aslida Sulaymon poshoning onasi Oʻrxonning xotini Efendize xotun boʻlgan, Nilüfer esa 1325-yilda Süleyman tugʻilganidan 20 yil oʻtib, sultonning Usmoniylar imperiyasi haramiga kirgan[1][5]. Efendize xotun Oʻrxonning amakisi Gündüz beyning qizi edi[6].

Sulaymon posho jasur sarkarda boʻlib, u G‘oziy unvoniga munosib koʻrilgan[7][8]. U Oʻrxonning eng ishonchli qoʻmondonlaridan biri boʻlib, ayniqsa, Frakiyadagi yurishlarda faol ishtirok etgan[7][8].

Posho 1331-yilda İznik, 1335-yilda Karesioʻgʻullari, 1337-yilda esa İzmitni zabt etgan. Otasi bu fath etilgan yerlarga hokimlik qilishni unga topshirgan. 1349–1354-yillar oraligʻida u Gallipoli va uning atroflarini qoʻlga kiritgan. Sofiya qamalida muvaffaqiyatga erishmagan boʻlsa-da, u shahar hokimi, Bolgariya podshosi Ivan Aleksandrning oʻgʻli Ivan Asenni oʻldirgan[7][8].

1355-yilda Sulaymon posho Dardanell boʻgʻozidan oʻtib, Rumeliyaning bir qismini zabt etdi va u yerda Usmoniylar uchun ilk manzilgohlarni tashkil qildi. Bularga Bulayir (Bolayır), Rodosto (Tekirdağ), Ipsala va Malgara (Malkara) hududlari kiradi. Ular keyinchalik yangi yurishlar uchun tayanch nuqtasiga aylangan. Oʻsha yili u Ivan Aleksandrning yana bir oʻgʻli Mixailni ham oʻldirgan[7][8].

Sulaymon posho 1357-yilda Bolayır va Seydikavağı oraligʻida ov paytida otidan yiqilib, halok boʻlgan[9].

Shuningdek, u boshqargan hududlarda diniy va xayriya inshootlarini qurdirgani bilan ham esga olinadi, bularga misol qilib masjidlar, madrasalar, karvonsaroylar va maktablar barpo ettirganini keltirish mumkin. Bunday inshootlar Bursa, Göynük, Geyve, Akyazı, Izmit, Iznik va Gelibolu shaharlarida mavjud[8].

  1. 1 2 3 Peirce, Leslie P.. The Imperial Harem: Women and Sovereignty in the Ottoman Empire (en). Oxford University Press, 1993 34–35-bet. ISBN 978-0-19-508677-5. 
  2. Alderson 1956, s. 165.
  3. Kafadar, Cemal. Between two worlds: the construction of the Ottoman state, Nachdr., Berkeley, Calif.: Univ. of California Press, 2002 18-bet. ISBN 978-0-520-20600-7. 
  4. Imber, Colin. The Ottoman Empire, 1300-1650: the structure of power. Basingstoke New York: Palgrave Macmillan, 2009 8-bet. ISBN 978-0-230-57450-2. 
  5. „NİLÜFER HATUN“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2024-yil 8-may.[sayt ishlamaydi]
  6. „MAL HATUN“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2024-yil 8-may.[sayt ishlamaydi]
  7. 1 2 3 4 Finkel, Caroline. Osman's dream: the story of the Ottoman Empire 1300 - 1923. New York: Basic Books, 2007 16-bet. ISBN 978-0-465-02396-7. 
  8. 1 2 3 4 5 „Süleyman Ghazi“. 2012-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-may.
  9. Lowry, Heath W.. The nature of the early Ottoman state, SUNY series in the social and economic history of the Middle East. Albany: State University of New York Press, 2003 82-bet. ISBN 978-0-7914-5635-4.