Sulaymon at-Tajir
| Sulaymon at-Tajir | |
|---|---|
| Tavalludi | |
| Ijod qilgan tillari | Arab tili |
| Tanlangan asarlari | Hindiston va Xitoyga qilgan sayohatlari haqidagi kitob |
Sulaymon at-Tajir (arabcha: سليمان التاجر) – IX asrda yashagan musulmon savdogar, sayyoh va yozuvchi. Hozirgi Eronning Sirof shahridan boʻlgan. Hindiston va Xitoyga sayohat qilib, bu sayohatlariga oid hisobot yozgan. Uning ushbu asari koʻpincha Abu Zayd as-Sirofiy tomonidan yozilgan shunga oʻxshash sayohatnomalar bilan bogʻliq holda tilga olinadi[1]. Asosan, Tan sulolasi davrida Xitoyning Guanchjou shahriga qilgan safari bilan mashhur boʻlib, u yerda ishlab chiqarilgan chinni buyumlarning nihoyatda yuqori sifati uni hayratga solgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sulaymon haqida maʼlumotlar juda kam, savdogar boʻlgan va shu sababli ham unga „at-Tojir“ („savdogar“) laqabi berilgan[2]. Hindistonga Pala imperiyasi davrida tashrif buyurgan va „Ruhma“ nomli qirollikni tilga olib, ularning harbiy qudratini eʼtirof etgan. Shuningdek, Gurjara-Pratihara imperiyasining buyuk hukmdorlaridan biri Mihira Bhoja haqida ham yozib qoldirgan[3]. Uning yozishicha, Mihira Bhoja „musulmonlarning ashaddiy dushmani“ boʻlib, yirik qoʻshin, shuningdek, kuchli otliq qoʻshinga ega edi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Cf. the bilingual Accounts of China and India, ed. by Tim Mackintosh-Smith, NYU Press, 2017.
- ↑ Hermes, N.. The [European] Other in Medieval Arabic Literature and Culture: Ninth-Twelfth Century AD (en). Springer, 2012-04-09. ISBN 978-1-137-08165-0.
- ↑ 3,0 3,1 Radhey Shyam Chaurasia. History of Ancient India: Earliest Times to 1000 A. D.. Atlantic Publishers & Distributors, 2002 — 207-bet. ISBN 978-81-269-0027-5. „He was undoubtedly one of the outstanding political figures of India in ninth century and ranks with Dhruva and Dharmapala as a great general and empire builder.“