Kontent qismiga oʻtish

Sulaymon II (Rum sultoni)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sulaymon II
Rukuddin

Rum sultoni Sulaymon II ning tangasi, 595 H (1198–99-yillar milodiy)
Rum saljuqiy sultonlari
Saltanat 1196–1204
Oʻtmishdoshi Kayxusrav I
Davomchisi Qilich Arslon III
Hamroh sulton Malik Shoh II
(1196–1197)
Toʻgʻrulshoh
(1202–1204)
Tugʻilishi 1158-yil
Vafoti tax. 1204-yil
Farzandlari Qilich Arslon III
Toʻliq nomi
Rukn ad-Din Sulaymon Shoh
Sulola Saljuqiylar
Otasi Qilich Arslon II
Dini Sunniy islom

Sulaymon II, shuningdek Rukniddin Sulaymon Shoh (arabcha: رکن الدین سلیمان شاه) nomi bilan ham tanilgan, 1196–1204-yillar orasida Rum saljuqiy sultoni boʻlgan[1].

Qilich Arslon II ning oʻgʻli boʻlgan Sulaymon 1196-yilda akasi sulton Kayxusrav Ini taxtdan agʻdarib, sulton boʻldi[2].

Sulaymon qoʻshni hukmdorlar bilan jang qilib, sultonlik hududlarini kengaytirdi. 1201-yilda u Arzirumni zabt etdi va 1202-yilda uni Muğiziddin Toʻgʻrulshohga mulk sifatida berdi[3]. Vizantiyaliklar bilan urushlarda muvaffaqiyat qozongan Sulaymon 1203-yilda boʻlib oʻtgan Basiyan jangida gruzinlar tomonidan tor-mor etildi[4].

Sulaymon 1204–1205-yillarda uning oʻgʻli Qilich Arslon III tomonidan taxtdan tushirilgan[5], shundan soʻng esa Kayxusrav I Konyaga bostirib kirib, Qilichni hokimiyatdan chetlatdi va ikkinchi bor taxtga oʻtirdi[5].

  1. Bosworth 1996, s. 213.
  2. Peacock & Yildiz 2015, s. 78.
  3. Peacock & Yildiz 2015, s. 158.
  4. Mikaberidze 2011, s. 196.
  5. 5,0 5,1 Peacock & Yildiz 2015, s. 178-179.
  • Bosworth, C.E.. The New Islamic Dynasties. Columbia University Press, 1996. 
  • Peacock, A.C.S.; Yildiz, Sara Nur. The Seljuks of Anatolia: Court and Society in the Medieval Middle East. I.B. Tauris, 2015. 
  • Mikaberidze, Alexander, ed (2011). "Battle of Basian (1203)". Conflict and Conquest in the Islamic World:An Historical Encyclopedia. ABC-CLIO. 
Oʻtmishdoshi:
Kayxusrav I
Rum sultoni
1196–1204
Vorisi:
Qilich Arslon III