Sulaymon Egamberdiyevich Azimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sulaymon Egamberdiyevich Azimov (1908.21.10, Qirg‘iziston; O‘sh vi-loyati O‘zgan tumani – 1996.3.1, Toshkent) – faylasuf olim, jamoat arbobi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Fan ar-bobi (1958). Toshkentdagi Almaiy nomli namuna ish maktabi (1928), pedagogika texnikumini tugatgan (1929). Moskva Tarix-falsafa va adabiyot institutining falsafa fakultetida o‘qigan (1932– 37). O‘rta Osiyo davlat universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida fal-safadan dars bergan (1937–38). 1938 yilda "Qizil O‘zbekiston" gaz. muharriri. 1939–41 yillarda respublika rahbar la-vozimlarida ishlagan. A. qatag‘onga uch-rab, umrining qariyb 15 yilini (1941–55) turma va qamoq lagerlarida o‘tkazdi. 1955–59 yillarda respublika madaniyat vaziri o‘rinbosari. 1959–66-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti sektor mudiri, katta ilmiy xodim. Naza-riy-ilmiy, publitsistik asarlar mual-lifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil