Ishontirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Suggestiyadan yoʻnaltirildi)

Ishontirish, suggestiya (tibbiyotda) — bemor (yoki gurux. bemorlar)ga uygʻoqlik yoki gipnoz xrlatida soʻz bilan taʼsir qilib, uni tasavvurlar, xattiharakatlar yordamida davolash. Bemorlarni I. oliy nerv faoli-yatining xususiyatlariga va ularning I. paytidagi holatiga bogʻliq (gipnoz holatida I. koʻproq taʼsir koʻrsatadi). Hissiyotga va taassurotga tez beriladigan yoki holdan toydiruvchi kasalliklar, intoksikatsiyalar (alkogolizm va b.) natijasida quvvatdan ketgan, oʻta charchagan kishilarni odatdagi sharo-itda koʻproq I. mumkin. I. ning bevo-sita (mas, vrachning bemorga shu doridan tuzalib ketasiz) va bilvosita (mas, bemorning shu dorini ichsam yoki shu muolajani qabul qilsam tuzalib ketaman degan ishonchi) xillari bor. I. ning bevosita xili juda muhim, chunki bunda bemor shu dori darddan forigʻ qiladi deb oʻz-oʻzini astoydil ishontiradi. Tibbiyot amaliyotida oʻzoʻzini ishontirishning yomon (ayniqsa isterik nevrozlarda shu kasallik menda bor deb badgumon boʻlaverishi) va yaxshi (shu kasallikdan tuzalib ketaman deb ishonch va ixlos bilan karashi) tomonlari bor.

I. nevrozlar, psixopatiyaning baʼzi shakllari, alkogolizm, narkomaniya, nervpsixik kasalliklar, ichki aʼzolar nevrozi va b. kasalliklarni psixoterapiya yoʻli bilan davolash negizi hisoblanadi (yana q. Gipnoz). [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil