Sugʻurta xizmatlari bozori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sugʻurta xizmatlari bozori - sugʻurta xizmatlari oldisotdisi bilan bogʻliq iktisodiy munosabatlar majmui. Sugʻurtalovchilar, qayta sugʻurtalovchilar, sugʻurta brokerlari va agentlari Sugʻurta xizmatlari bozorib. ning professional ishtirokchilari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan keng kamrovli islohotlar va sugʻurta sohasida davlat monopoliyasining bekor kilinishi Sugʻurta xizmatlari bozorib. ning shakllanishi uchun shartsharoitlar yaratdi. Sugʻurta xizmatlari bozorib. hududiy jihatdan xalqaro, mintaqaviy va milliy Sugʻurta xizmatlari bozorib.ga boʻlinadi. Xal qaro Sugʻurta xizmatlari bozorib. nisbatan taraqkiy etgan baʼzi davlatlar sugʻurta tashkilotlarining xalqaro miqyosda koʻrsatayotgan sugʻurta xizmatlarini qamraydi. Chunonchi, AQShning "AIG" (Ameriken Interneyshnl Grupp) sugʻurta kompaniyasi jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida ham sugʻurta faoliyatini amalga oshiradi. Mintaqaviy Sugʻurta xizmatlari bozorib. hududiy, savdoiqtisodiy, madaniy jihatdan birbiriga yaqin boʻlgan mamlakatlarning Sugʻurta xizmatlari bozorib. dir. Bunga Yevropa Ittifoqi mintaqaviy Sugʻurta xizmatlari bozorib. ni misol qilib keltirish mumkin. Alohida davlatlar qududi doirasida faoliyat koʻrsatuvchi Sugʻurta xizmatlari bozorib. bozori — milliy Sugʻurta xizmatlari bozorib. hisoblanadi. Keyingi yillarda milliy, mintaqaviy Sugʻurta xizmatlari bozorib. ning xalqaro Sugʻurta xizmatlari bozorib. ga integratsiyalashuv jarayonining kuchayotganligi kuzatilmoqda.

Sugʻurta xizmatlari bozorib. sugʻurtaning u yoki bu sohasida ixtisoslashganligiga qarab hayot sugʻurtasi bilan bogʻliq Sugʻurta xizmatlari bozorib.; qayot sugʻurtasidan tashqari umumiy sugʻurta xizmatlari bozoriga boʻlinadi. Mac, AQSH, Yaponiya va Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlarida gʻayotni sugʻurtalash bilan bogʻliq sugʻurta xizmatlari bozori ancha rivojlangan.

Oʻzbekiston sugʻurta bozorida 20 dan ziyod sugʻurta tashkilotlari faoliyat kursatadi. Eng yirik sugʻurta kompaniyalariga "Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasini, "Uzagrosugʻurta" davlataksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi va "Madad" sugʻurta agentligini kiritish mumkin.

Oʻzbekiston sugʻurta bozoriga xos xususiyatlardan biri—mavjud sugʻurta tashkilotlarining iqtisodiyotning turli tarmoklariga ixtisoslashganligidir. Chunonchi, "Uzagrosugʻurta" davlataksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish sohasini va aholini sugʻurta himoyasi bilan taʼminlashga, "Kafolat" shaharlardagi yuridik va jismoniy shaxslarga sugʻurta xizmatini koʻrsatishga, "Oʻzbekinvest" eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi eksportimport operatsiyalarini sugʻurta himoyasi bilan taʼminlashga, "Birjasavdosugʻurta" yuklarni sugʻurta qilishga, "ALSKOM" sugʻurta tashkiloti aloqa va telekommunikatsiya sohalariga sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishga, "ISHONSH" sugʻurta tashkiloti tijorat banklarining mulkiy manfaatlarini sugʻurtaviy himoyalashga ixtisoslashgan.

Sugʻurta xizmatlari bozorib. dunyoning barcha mamlakatlarida davlat tomonidan tartibga solinadi. Bundan maqsad, sugʻurta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishdir.

1998 yilda xukumat qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida sugʻurta faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega boʻlgan davlat sugʻurta nazorati inspeksiyasi tashkil etilgan.

Xoʻjayor Shenkayev, Bahodir Shamsuddinov.