Sugʻur kuni (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish


Sugʻur kuni (inglizcha: Groundhog Day) — 1993-yili ekranlarga chiqqan komediyaviy film. Danny Rubin asari boʻyicha suratga olingan, rejissor Harold Ramis,bosh rollarda Bill Murray va Andie MacDowell.Film ssenariy muallifi Denni Rubinning kartina g‘oyasi ustida ishlashida ikkita boshlang‘ich nuqta bor edi. Birinchisi sal avvalroq vampirlar haqida o‘qigan kitobi bo‘lgan. Yozuvchi mangu yashash, uning odamga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida o‘yga tolgan. Robin vaziyat ta’siri ostida o‘sishga tayyor bo‘lmagan odamni: ulg‘aymagan ma’lum bir shaxsni tasavvur qilgani haqida yozgan. “Balki, bunday bolalarning vaqti ko‘proq bo‘lsa, ular alal-oqibat ulg‘ayar. Ularga bir hayotning o‘zi kamlik qilar, ehtimol”. Ikkinchi boshlang‘ich nuqta esa German Gessening “Siddxartxa” kitobi bo‘lgan. Va nihoyat Rubin o‘zining hamisha bir kuni takrorlanadigan qahramon haqidagi g‘oyasini yodga olgan. Filmning falsafasi aynan shunga asoslangan.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film Vudstokda suratga olingan, sujetga ko‘ra voqealar fevral oyining boshida sodir bo‘lgan. Tasvirga olish jarayoni 1992-yil 18-martda boshlangan va iyunga qadar davom etgan. Shu sabab ham aksariyat hollarda sun’iy qordan foydalanilgan. Buning uchun zambarakdan yoki suratga olish maydonchasi o‘t o‘chirishda ishlatiladigan ko‘pikdan foydalanilgan.Filmda bir nechta sug‘ur suratga olingan bo'lib,ular Panksatoni shahridagi hayvonot bog‘idan topilgan. Tasvirga tushishni qotiradigan eng yirik sug‘ur sakrab yo‘qolish dubllaridan birida Myurreyni tishlab olgan. Aktyor bu haqida shunday eslaydi: “Sug‘ur menga birinchi kundanoq tish qayrashni boshlagan”.Yana dastlab ssenariyga ko‘ra, Myurreyning qahramoni vaqt tuzog‘ida 10 ming yil vaqt kechirishi kerak edi. Ammo keyin ssenariy qayta ishlangan va muddat 10 yilgacha qisqartirilgan. Bu vaqt ichida Fil fransuz tilini, pianinoda chalishni o‘rganib olgan, tibbiy bilimlarga ega bo‘lgan hamda muz haykaltaroshligi bo‘yicha mohir usta bo‘lgan. Ekranda sug‘ur kunining 42 marta takrorlanishigina ko‘rsatilgan.Rejissor va ssenariy muallif g‘oyasiga binoan epizodlardan birida Bill Myurrey budilnikni urib chilparchin qilishi kerak bo‘lgan. Ammo soat ular o‘ylaganidan ham mustahkamroq bo‘lib chiqqan. Aktyor butun kuchi bilan otganida unda shunchaki tirnalishlar hosil bo‘lgan, xolos. Shundan keyin bolg‘adan foydalanilgan. Eng qizig‘i, shundan keyin ham undan ovoz yangrashi to‘xtamagan. Shundan keyin o‘sha lahzani qoldirishga qaror qilingan.

Film qozongan shuhrat[tahrir | manbasini tahrirlash]

“Sug‘ur kuni” 1993-yil 12-fevral kuni ekran yuzini ko‘rgan. Muxlislar tomonidan iliq qabul qilingan kartina AQSh va Kanadaning o‘zida 71 million dollar to‘plagan. 2007-yilda Premiere jurnali mazkur filmni hamma vaqtning eng yaxshi 50 komediyasi ro‘yxatiga kiritgan. Shundan keyin Amerika kinosan’at instituti “Sug‘ur kuni”ni fentezi janridagi eng yaxshi 10 film ro‘yxatida sakkizinchi deb topgan.Film ekran yuzini ko‘rgandan keyin Vudstok hukumati sujetga ko‘ra Fil Konnors har 2-fevralda tushib ketadigan ko‘lmakni mahalliy diqqatga sazovor joyga aylantirgan. Endilikda u yerda: “Bill Myurrey bu yerga qadam bosgan” degan yozuv borligini ko‘rish mumkin.

Filmga muxlislarning maktubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film ekran yuzini ko‘rgandan keyin ssenariy muallifi Denni Rubinga muxlislardan maktublar yog‘ila boshlagan. Turli din vakillari xat yoza boshlagan hamda ularning hammasi “Sug‘ur kuni”ni aynan ularning e’tiqodiga mos illyustratsiya ekanini yozib qoldirgan. Filmda ma’nan o‘smaydigan odam halqa ichidagi olmaxon singari aylanib yurishi ko‘rsatib berilgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida esa har fevral oyining ikkinchi sanasi “Sug‘ur kuni” sifatida nishonlanadi.

''Sug'ur kuni'' haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qo‘shma Shtatlarida har yili fevral oyining ikkinchi sanasi “Sug‘ur kuni” sifatida nishonlanadi. Bayram kuni sug‘ur o‘z soyasini sezmasa va xotirjamlik bilan inidan chiqib kelsa, qish tez orada tugaydi. Bordi-yu, u o‘z soyasidan ham qo‘rqib yashirinsa, demak, bahorni uzoq kutish kerak bo‘ladi.

Qiziqarli fakt[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hisob-kitoblarga qaraganda, ushbu filmda budilnik qo'ng'irog'i 12 395 marta jiringlagan ekan, ammo ularning barcha sahnasi namoyish qilinmagan.