Sugʻur kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shunday nomli film uchun Sugʻur kuni (film) maqolasiga qarang.
Sugʻur

Sugʻur kuni (inglizcha: Groundhog Day) — AQSh va Kanadada 2-fevral kuni nishonlanadigan bayram. Shu kun oʻz inidan chiquvchi sugʻurni kuzatish kerak deb hisoblanadi. Uning harakatlariga qarab bahor qanchalik tez kelishini bilish mumkin. Ishonchlarga qaraganda, agar kun bulutli boʻlsa, sugʻur oʻz soyasini koʻrmaydi va inini bemalol tark etadi — demak, qish yaqinda tugaydi, bahor esa erta keladi. Agar kun quyoshli boʻlsa, sugʻur oʻz soyasini koʻradi va iniga qaytib berkinadi — qish yana olti hafta davom etadi. AQSh va Kanadaning bir necha shahar va qishloqlarida bu kuni mahalliy sugʻurlar-meteorologlarga bagʻishlangan festivallar oʻtkaziladi, bunday festivallar koʻp sonli turistlarni jalb qiladi.

Sugʻur kuni kinoda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]