Sugʻd qoyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sugʻd qoyasimakedoniyalik Iskandar (Aleksandr)npng Turonzaminga qilgan yurishi davrida sugʻdlar tomonidan mudofaa qilingan Navtaka yaqinidagi togʻ qalʼasi. Antik davr tarixchilari togʻ choʻqqilaridagi tabiiy himoya xususiyatiga ega boʻlgan qalʼa va qoʻrgʻonlarni "qoya" (yun. "petra") deb ataganlar. 328327 yillar qishini Aleksandr Navtakada oʻtkazgan. Bahorda esa Sugʻd qoyasiga yaqinlashgan. Sugʻdlarning koʻpchiligi shu qoyaga qochib jon saqlagan. Sugʻdlar u yerga ancha vaqtga yetadigan oziqovqat olib chiqishgan. Qish faslining seryogʻin kelganligi qalʼadagilarni suv bilan taʼminlagan, makedoniyaliklarni esa qalʼaga yaqinlashishlariga toʻsqinlik qilgan. Aleksandr qalʼadagilarga muzokara olib borishni taklif etgan va Sugʻd qoyasini topshirishsa ularni omon qoldirishini aytgan. Qamaldagilar "qalʼani olish uchun qanotli askarlar izlab topish kerak" deb, taklifni rad etishgani Aleksandrning gʻazabini keltirgan. Aleksandr kimki 1boʻlib qoyaga chiqsa 12 talant, 2,3mukofotlarni, eng oxirida chiqqan askar 300 darik olishini eʼlon qilgan. U qamal paytida togʻlarga chiqishga malakasi bor 300 askarni qalʼaga joʻnatgan. Ular chodir tortishda ishlatiladigan mixlar tayyorlab, mixlarni muzga tiqib, ularga esa kanop arqonlar bogʻlab, birbiriga kumaklashib tong paytida hech kim qoʻriqlamayotgan tik togʻ choʻqqisiga koʻtarilganlar. Choʻqqiga koʻtarilishda 30 askar halok boʻlgan. Aleksandr qalʼadagilarga jarchi yuborib vaqtni choʻzmaslikni, qanotli askarlar topilgani, ular choʻqqini olganligini aytib tepadagi askarlarni koʻrsatgan. Sugʻdlar bunday kutil magan hodisadan sarosimaga tushib, qoyani juda koʻp odam egallagan deb oʻylab taslim boʻlishgan. Juda koʻp ayollar va bolalar, shu jumladan, Aleksandrning hali hayot boʻlgan dushmanlari orasida eng kuchlisi hisoblangan va Sugʻdda katta obroʻga ega boʻlgan Oksiartning xotini va bolalari asir olingan. Aleksandr bir koʻrishdayoq Oksiartning qizi Roxshanakni sevib qolishi, unga uylanishi shunga olib kelganki, Oksiart, Arrianning yozishicha, "dadillanib" Aleksandrning qoshiga kelgan va uning dargohida izzatikrom koʻrgan. Bahodir Eshov.