Sudok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ziravorlar uchun idishlar toʻplami bilan beshtalik stol idishi
Taomlarni tashishga moʻljallangan sudoklarning yoyilgan holati

Sudok (sudoklar) ― deganda dasturxonga ziravorlar solingan idishlar toʻplamini tortish uchun tovoq, shuningdek, bir-birining ustiga qoʻyilib mahkamlanadigan, bir nechta kostryullar koʻrinishidagi ovqatni tashish uchun moslama tushuniladi. Uchinchi maʼnosi esa souslarni solishga moʻljallangan qayladondir.

Dasturxon uchun sudok[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oshxonanikidan farqli oʻlaroq, stolga qoʻyiladigani dasturxon bezatishning muhim elementi boʻlib, tuz, qalampir va boshqa ziravorlar solingan idishlar toʻplamini oʻzida mujassamlashtiradi. Eng koʻp uchraydigani tuz, qalampir va xantal solinadiganidir. Toʻrt predmetligiga qalampir, xantal, sirka qozon va yogʻ idishlari toʻplami kiradi[1]. Uning yana bir koʻrinishi qaylalar uchun moʻljallangan.

Oshxona sudoklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oshxona idishlari ikki, uch, baʼzan toʻrtta qavatli turli balandlikdagi, diametri bir xil kostryullardan iborat boʻladi. Alyuminiy yoki sirlangan temirdan yasaladi. Eng tagidagi qavatga birinchi taom, ustidagilariga esa ikkinchi va uchinchi yeguliklar joylashtiriladi. Yigʻilgan toʻplamning ustidagisi qopqoq bilan yopiladi. Butun toʻplam qisqich va ikkita tutqich ustuni bilan birga mahkamlanadi[1]. Odatda Bunday toʻplamlardan uzoq masofaga qatnovchi poyezdlar restoranlarida foydalanilgan. Ovchilar va sayyohlar harbiy qozonchalarga oʻxshash germetik qopqoqli yoki oval shaklidagi idishlardan foydalanadilar.

„Katta izohli lugʻat“ga koʻra oshxona sudoklari atamasi faqat koʻplikda ishlatiladi[2]. GOST R 54868-2011 standartiga muvofiq sopoldan idishlardir. Atamalar va taʼriflarda, mahsulot sifatida oshxona sudoki birlikda aytiladi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Судки“,Краткая энциклопедия домашнего хозяйства — 608 bet. 
  2. Gramota.ru
  3. GOST R 54868—2011 Posuda keramicheskaya. Termini i opredeleniya


Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Судки“,Краткая энциклопедия домашнего хозяйства — 608 bet. 
  • Sudki dlya perenoski piщi // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (glavniy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1960. — T. VIII. — Stb. 492—493
  • Sudki stolovie // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (glavniy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1960. — T. VIII. — Stb. 493—495