Sudlovning kollegialligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sudlovning Kollegialligidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sudlovning kollegialligi — ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlardan tashqari barcha ishlar sudlarda kollegial tartibda, yaʼni hayʼatda koʻriladi. 1instansiya sudida sud hayʼatiga 1 sudya va 2 nafar xalq maslahatchilari kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida esa ishlarni 3 nafar sudya koʻradi. Apellyasiya, kassatsiya va nazorat tartibida jinoyat ishlarini 3 nafar sudyadan iborat tarkibdagi hayʼat koʻradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining apellyasiya va kassatsiya hayʼatlarida 5 nafar sudya qatnashadi. Nazorat tartibida ishlarni koʻrishda sud rayosatlari aʼzolarining koʻpchiligi, Oʻzbekiston Oliy sudi Plenumida esa uning aʼzolaridan 2/3 qismi hozir boʻlishi shart (Oʻzbekiston Respublikasi JPK, 13modda).