Sudan viloyatlari
Quyida Sudanning 18 ta viloyati roʻyxati keltirilgan (arabcha nomi qavs ichida keltirilgan). 2011-yil 9-iyulgacha Sudan Respublikasi 25 ta viloyatga boʻlingan. Oʻnta janubiy viloyat hozirda Janubiy Sudan nomi ostidagi mustaqil davlatning bir qismi sanaladi. 2012-yil Dafur mintaqasida ikkita qoʻshimcha viloyat, 2013-yil Kurdufonda bitta viloyat tashkil etildi va viloyatlar soni 18 taga yetdi.
Sudan Respublikasi viloyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sudan Respublikasi maʼmuriy jihatdan quyidagi 18 ta viloyatga boʻlinadi:
Xaritagi raqami |
Joylashuvi | Gerbi | Viloyat nomi | ISO 3166-2 kodi |
Markazi | Hududi km2 (kv mi) |
Aholisi (2018)[1] | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻzbekcha | Arabcha | |||||||
1 | ![]() |
![]() |
Xartum | ولاية الخرطوم (Wilāyat al-Kharṭūm) |
KH | Xartum | 22,142 km2 (8,549 kv mi) | 7,993,900 |
2 | ![]() |
![]() |
Shimoliy Kurdufon | شمال كردفان (Shamāl Kurdufān) |
KN | Al-Abyad | 185,302 km2 (71,546 kv mi) | 3,174,029 |
3 | ![]() |
![]() |
Shimoliy | الشمالية (ash-Shamālīyah) |
NO | Dunqulo | 348,765 km2 (134,659 kv mi) | 936,255 |
4 | ![]() |
![]() |
Kassala | كسلا (Kassalā) |
KA | Kassala | [2] | 52,949 km2 (20,444 kv mi)2,519,071 |
5 | ![]() |
![]() |
Koʻk Nil | النيل الأزرق (an-Nīl al-Azraq) |
NB | Ad-Damozin | 45,844 km2 (17,700 kv mi) | 1,108,391 |
6 | ![]() |
![]() |
Shimoliy Dorfur | شمال دارفور (Shamāl Dārfūr) |
DN | al-Foshir | 296,420 km2 (114,450 kv mi) | 2,304,950 |
7 | ![]() |
![]() |
Janubiy Dorfur | جنوب دارفور (Janūb Dārfūr) |
DS | Nyala | [3] | 81,000 km2 (31,000 kv mi)5,353,025 |
8 | ![]() |
![]() |
Janubiy Kurdufon | جنوب كردفان (Janūb Kurdufān) |
KS | Koduqli | 158,355 km2 (61,141 kv mi) | 2,107,623 |
9 | ![]() |
![]() |
Jazira | الجزيرة (al-Jazīrah) |
GZ | Vad Madaniy | 27,549 km2 (10,637 kv mi) | 5,096,920 |
10 | ![]() |
![]() |
Oq Nil | النيل الأبيض (an-Nīl al-Abyaḑ) |
NW | Rabak | 39,701 km2 (15,329 kv mi) | 2,493,880 |
11 | ![]() |
![]() |
Nil daryosi | نهر النيل (Nahr an-Nīl) |
NR | Ad-Domar | 122,123 km2 (47,152 kv mi) | 1,511,442 |
12 | ![]() |
![]() |
Qizil dengiz | البحر الأحمر (al-Baḥr al-Aḥmar) |
RS | Port-sudan | 218,887 km2 (84,513 kv mi) | 1,482,053 |
13 | ![]() |
![]() |
al-Qadorif | القضارف (al-Qaḍārif) |
GD | al-Qadorif | [4] | 75,263 km2 (29,059 kv mi)2,208,385 |
14 | ![]() |
![]() |
Sannor | سنار (Sinnār) |
SI | Singa | 37,844 km2 (14,612 kv mi) | 1,918,692 |
15 | ![]() |
![]() |
Gʻarbiy Dorfur | غرب دارفور (Gharb Dārfūr) |
DW | Al-Junayna | [5] | 23,550 km2 (9,090 kv mi)1,775,945 |
16 | ![]() |
![]() |
Markaziy Dorfur | وسط دارفور (Wasaṭ Dārfūr) |
DC | Zallinjay | [6] | 46,729 km2 (18,042 kv mi)2,499,000 |
17 | ![]() |
![]() |
Sharqiy Dorfur | شرق دارفور (Sharq Dārfūr) |
DE | Ad-Dayn | [7] | 52,867 km2 (20,412 kv mi)1,587,200 |
18 | ![]() |
![]() |
Gʻarbiy Kurdufon | غرب كردفان (Gharb Kurdufān) |
GK | Al-Fula | 111,373 km2 (43,001 kv mi) | 1,945,450 (2014)[8] |
10 viloyat (1956–2011)
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bayrogʻi | Viloyat | Markazi | Aholisi (2010) |
Hududi (km2) |
Zichligi (/km2) |
Mintaqasi |
---|---|---|---|---|---|---|
![]() |
Shimoliy Baxr-al-G'azal | Aweil | 820,834 | 30,543.30 | 26.87 | Bahr al-Gʻizol |
![]() |
Gʻarbiy Bahr al-Gʻizol | Wau | 358,692 | 91,075.95 | 3.94 | Bahr al-Gʻizol |
![]() |
Koʻllar | Rumbek | 782,504 | 43,595.08 | 17.95 | Bahr al-Gʻizol |
![]() |
Varab | Kuajok | 1,044,217 | 45,567.24 | 22.92 | Bahr al-Gʻizol |
![]() |
Gʻarbiy Ekvatoriya | Yambio | 658,863 | 79,342.66 | 8.30 | Ekvatoriya |
![]() |
Markaziy Ekvatoriya | Juba | 1,193,130 | 43,033.00 | 27.73 | Ekvatoriya |
![]() |
Sharqiy Ekvatoriya | Torit | 962,719 | 73,472.01 | 13.10 | Ekvatoriya |
![]() |
Jongli | Bor | 1,443,500 | 122,580.83 | 11.78 | Katta Yuqori Nil |
![]() |
Gʻarbiy Yuqori Nil | Bentiu | 645,465 | 37,836.39 | 17.06 | Katta Yuqori Nil |
![]() |
Yuqori Nil | Malakal | 1,013,629 | 77,283.42 | 13.12 | Katta Yuqori Nil |
![]() |
Janubiy Sudan | Juba | 8,923,553 | 644,329.37 | 13.85 |
Maxsus maʼmuriy hududlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubiy Sudan va Sudan Respublikasi chegarasida joylashgan Abyei hududi hozirda maxsus maʼmuriy maqomga ega va Abyei hududi maʼmuriyati tomonidan boshqariladi. Hudud 2011-yil Janubiy Sudan yoki Sudan Respublikasining bir qismi boʻlish boʻyicha referendum oʻtkazishi kerak edi.
Mintaqaviy organlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyatlardan tashqari, markaziy hukumat va isyonchi guruhlar oʻrtasida tinchlik bitimlari asosida tashkil etilgan mintaqaviy maʼmuriyat organlari ham mavjud:
- Darfur tinchlik bitimi bilan Darfur mintaqasidagi viloyatlarni muvofiqlashtiruvchi organ sifatida Darfur mintaqaviy hukumati tuzilgan.
- Sudan hukumati va isyonkor Sharqiy front oʻrtasida imzolangan Sharqiy Sudan tinchlik bitimi bilan Sharqiy Sudan viloyatlari muvofiqlashtirish kengashi tashkil etilgan boʻlib, kengash Qizil dengiz, Kassala va Al-Qadorif viloyatlarini boshqaradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anglo-Misr Sudani sakkiz mudiriyat yoki provinsiyaga boʻlingan, dastlab bu provinsiyalar aniq boʻlmagan, ammo Ikkinchi jahon urushidan keyin chegaralari aniqlashtirilgan. Sakkiz provinsiya quyidagilar: Koʻk Nil, Dorfur, Ekvatoriya, Kassala, Xartum, Kurdufon, Shimoliy va Yuqori Nil. 1948-yil Bahr al-Gʻizol Ekvatoriya provinsiyasidan ajratiladi[9].
1973-yil 1-iyulda bir qator yangi viloyatlar tashkil etildi. Dorfurdan Shimoliy va Janubiy Dorfur ajralib chiqqan, Kurdufon Shimoliy va Janubiy Kurdufonga boʻlingan. Jazira va Oq Nil Koʻk Nildan ajralib chiqqan. Nil daryosi viloyati Shimoliy viloyatning bir qismida tashkil etilgan. Qizil dengiz viloyati esa Kassaladan ajralib chiqqan.
1976-yilda viloyatlarning yana boʻlinishi roʻy berdi. Koʻllar viloyati Bahr al-Gʻizoldan, Jongli esa Yuqori Nildan ajralib chiqqan. Ekvatoriya Sharqiy va Gʻarbiy Ekvatoriyaga boʻlingan. Natijada oʻn sakkizta viloyat hosil boʻlgan. 1991-yil hukumat maʼmuriy mintaqalarni toʻqqizta federal shtat shaklida qayta tashkil qildi va bu shtatlar 1948—1973-yillarda mavjud boʻlgan mudiriyatlarni takrorlagan. 1994-yil 14-fevralda hukumat yana qayta tashkil qilish ishlarini amalga oshirdi va yigirma oltita viloyat tashkil qilindi. Aksar viloyatlar eski provinsiyalar yoki provinsiyalarning maʼmuriy tuzilmalari boʻlgan. 2005-yil Janubiy Sudandagi yangi hokimyat tuzilmasi Bahr al-Jabalni Markaziy Ekvatoriya deb qayta nomladi. 2006-yil Gʻarbiy Kurdufon boʻlindi, Shimoliy Kurdufon va Janubiy Kurdufonga birlashtirildi.
2012-yil yanvarda Dorfur mintaqasida yangi viloyatlar – Markaziy Dorfur va Sharqiy Dorfur tashkil qilindi va viloyatlar umumiy soni 17 taga yetkazildi[10]. 2013-yil iyulda Gʻarbiy Kurdufon qayta tashkil qilindi[11][12].
2019-yilgi Sudan harbiy toʻntarishidan keyin viloyatlarda hokimyatlar va mahalliy kengashlar mavjudligi toʻxtatildi.
Janubiy Sudanni tashkil qiluvchi viloyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil 9-iyulda oʻnta janubiy viloyat mustaqil Janubiy Sudan davlatiga aylandi. Bu viloyatlar keyinchalik 86 ta tumanga boʻlindi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Pop. Proj. by satates“. Government of Sudan. 2017-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
- ↑ „State profile - Kassala“. UNICEF. Qaraldi: 2024-yil 14-may.
- ↑ „State profile South Darfur“. UNICEF. Qaraldi: 2024-yil 14-may.
- ↑ „Situation in Gedaref“. 2023-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Situation in West Darfur“. www.unicef.org. Unicef.
- ↑ „Situation in Central Darfur“. 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Situation in East Darfur“. 2023-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Situation in West Kordofan“. 2023-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Sudan States“. www.statoids.com.
- ↑ „allAfrica.com: Sudan: President Bashir Appoints New State Governors“. 2012-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Western Kordofan State (Archive.is saytida 2013-08-12 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Sudan shuffles governors of Kordofan states including ICC suspect“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- States of Sudan. (Wayback Machine saytida April 17, 2011, sanasida arxivlangan)
- 2008 Census Results (Wayback Machine saytida 2018-02-23 sanasida arxivlangan), Central Bureau of Statistics