Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi

Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi (arabcha: منتخب السودان لكرة القدم للسيدات) Sudan mamlakatining rasmiy ayollar futbol terma jamoasidir. Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi 2021-yilda tashkil etilgan va Sudan davlatining futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Sudan Futbol Uyushmasi (SFA) tomonidan nazorat qilinadi.
Sudanda 2018-2019-yillardagi inqilobi jamoat tartibini cheklovchi sobiq qonunlarni bekor qilmaguncha, ayollarga futbol kabi sport turlari bilan shugʻullanishga rasman ruxsat berilmagan edi[1]. 2019-yil sentabr oyida Sudanning turli shaharlaridan 21 jamoadan iborat ayollar ligasi tashkil etildi[2]. Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlab Misr poytaxti Qohira shahrida Arab Futbol Assotsiatsiyalari Ittifoqi (UAFA) tomonidan tashkil etiladigan 2021-yilgi arab ayollar kubogiga yo‘llanma olgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tashkil etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1946-yilda tashkil etilgan va 1948-yilda FIFAga aʼzo boʻlgan Sudan Futbol Assotsiatsiyasi[3] Afrika Futbol Konfederatsiyasining (CAF) asoschilaridan biri boʻlgan va hozirda ham Konfederatsiya aʼzosi boʻlishda davom etmoqda[4].
2011-yilda diniy fundamentalizm va globallashgan jamiyatlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishga ko‘ra, baʼzi sudanlik ayollar ijtimoiy va huquqiy cheklovlarga qaramay, 2000-yillarning boshidanoq futbol o‘ynashni boshlagani norasmiy ayollar ligasi rivojlanishi uchun muhim qadam deb hisoblangan[5]. Ushbu norasmiy liga doirasida 2006-yilda Xartumda The Challenge deb nomlangan birinchi Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi tashkil etilgan[6]. 2006-yilda The Challenge oʻzining birinchi raqobatbardosh oʻyinini oʻtkazgan. Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasiga Sara Edward sardorlik qilgan va ular Sudan universitetining islomiy meʼyorlarga mos kiyim kiygan jamoasiga qarshi oʻynagan. Oʻyin sifati yuqori emas edi va oʻyin The Challenge jamoasining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[7][8].
FIFAning 2012-yilda ayollar terma jamoasini tuzish maqsadga muvofiqligi haqidagi savoliga javoban[9] Islom fiqhi kengashi Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining tashkil etilishiga qarshi navbatdagi fatvo chiqardi va buni axloqsiz harakat deb baholadi[10]. Fatvoda futbol erkaklar sporti ekanligi va ayollar unda ishtirok etmasligi kerakligi, chunki u erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tafovutlarga qarshi eksnligini taʼkidlangan[11].
Jamoaning tan olinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilda yangi oʻtish davri hukumati ostida turli shaharlardan 21 ta jamoadan iborat ayollar ligasi tashkil etilgandan soʻng, Sudan Futbol Uyushmasi mahalliy va milliy ayollar jamoalarini tan oldi va qoʻllab-quvvatlay boshladi[12]. Lekin 2021-yil boshigacha Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi FIFA tomonidan tan olinmagan[3][13]. Biroq, oʻsha yilning avgustiga kelib, Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) tomonidan tan olindi va 2021-yilgi Arab ayollar kubogida ishtirok etishga taklif qilindi[14].
2019-yilda rasmiy tan olinganidan beri Sudan ayollar ligasiga ega boʻlish uchun Arab va Afrika mintaqalaridagi boshqa futbol birlashmalariga qoʻshildi. Arab futbol assotsiatsiyalari ittifoqiga (UAFA) aʼzo boʻlganligi sababli Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining birinchi xalqaro musobaqasi 2021-yilda boʻlib oʻtgan. Oʻshanda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi Arab ayollar kubogida oʻynagan[15][16].
Ommabop ommaviy axborot vositalarida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sudanlik kinorejissyor Marva Zeinning 2019-yilgi mukofotga sazovor bo‘lgan "Khartoum Offside" hujjatli filmi o‘sha davrdagi islomiy hukumat ostida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasini tashkil etgan ayollar haqida edi[17][18].
Murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Lavozimi | Ismi | Man. |
|---|---|---|
| Bosh murabbiy | [19] | |
| Yordamchi murabbiy | ||
| Darvozabonlar murabbiyi | ||
| Jismoniy murabbiy |
Bosh murabbiylar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Faroug Jabra (2021-2022)
Imed Houjly (2022-hozirga qadar)
Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi futbolchilar 2022-yil fevral oyida Janubiy Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinlarda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirilgan.
| № | Poz. | Futbolchi | Tugʻilgan sanasi (yosh) | Ishtiroki | Gollari | Klubi
|
|---|---|---|---|---|---|---|
| DR | Amina Omar Liwaa | 0 | ||||
| DR | Houda Ali | 0 | ||||
| HM | Raghda Bader Idin | 0 | ||||
| HM | Asmaa Abkar Abdallah | 0 | ||||
| HM | Rania Babker Babo Amer | 28-oktyabr 1996-yil | 0 | |||
| HM | Najlaa Saleh | 10-noyabr 1988-yil | 0 | |||
| HM | Samia Kassam Hussein | 11-dekabr 1995-yil | 0 | |||
| YH | Nidal Fadlallah | 10-noyabr 1987-yil | 0 | |||
| YH | Fatima Kidal (captain) | 0 | ||||
| YH | Bkhaite Elias | 0 | ||||
| YH | Hala Zakaria Mostafi | 31-iyul 1990-yil | 0 | |||
| HJ | Rayan Ibrahim Ahmed Ragab | 1-yanvar 1993-yil | 1 | |||
| HJ | Rawan Samir | 0 | ||||
| HJ | Faten Zaher | 0 | ||||
| Noura Mouhamed | 0 | |||||
| Islem Imad | 0 | |||||
| Ilmhem Baltoun | 0 | |||||
| Fatma Abed Kader | 0 | |||||
Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]| FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati |
| Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | ||||||||
| Kiritilmadi | ||||||||
| Jami | 0/2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Olimpiada oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati |
| Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | ||||||||
| Jami | 0/7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Afrika ayollar millatlar kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Afrika ayollar millatlar kubogida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | |
| 1991-yildan 2014-yilgacha | Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | |||||||
| Kiritilmadi | ||||||||
| 2020-yil | Afrikadagi COVID-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi | |||||||
| Chiqib ketdi | ||||||||
| Jami | 0/2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
Afrika oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Afrika oʻyinlarida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi | ||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | |
| Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | ||||||||
| Aniqlanmoqda | ||||||||
| Jami | 0/4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Arab ayollar kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Arab ayollar kubogi rekordi | |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Yil | Natija | Oʻrin | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati |
| Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | |||||||||
| Guruh bosqichi | 6 | 3 | 0 | 0 | 3 | 2 | 27 | −25 | |
Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlari tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyida Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining barcha davrlardagi oʻyinlar tarixi berilgan. Bunda oʻzaro oʻyinlarda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining ustunligi boʻlgan terma jamoalar qatori yashil rangda, oʻzaro oʻyinlarda, aksincha, Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan raqib terma jamoaning ustunligi boʻlgan qatorlar qizil rangda va agar raqib terma jamoa va Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻzaro oʻyinlardagi natijalari teng boʻlsa sariq rang berilgan.
- Ushbu roʻyxatni tuzishda Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA A darajasidagi oʻyinlari hisobga olingan[20]
| Raqib terma jamoa | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati | Konfederatsiyasi |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 17 | −17 | CAF | |
| 2 | 0 | 0 | 2 | 0 | 9 | −9 | CAF | |
| 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 12 | −11 | CAF | |
| 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 10 | −10 | CAF | |
| 1 | 0 | 1 | 0 | 1 | 5 | −4 | AFC |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Sudan's First Female Football Stars Push for Women's Rights“ (en). www.voanews.com (2019-yil 8-dekabr). 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ „Women's soccer league kicks off in post-Bashir Sudan“. Reuters (2019-yil 2-oktyabr). 2019-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 FIFA (2006). Women's Football Today. p. 184. Archived from the original on 14 August 2012. https://web.archive.org/web/20120814213100/http://www.fifa.com/mm/document/afdeveloping/women/93/77/21/factsheets.pdf. Qaraldi: 17 April 2012.Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi]]
- ↑ Saavedra, Martha E. "Women's Football in the Horn of Africa". African Women's Football in the Global Sports Arena. Archived from the original on 22 February 2014. https://web.archive.org/web/20140222140343/http://www.nai.uu.se/ecas-4/panels/141-156/panel-152/Martha%20Saavedra%20-%20Abstract.pdf. Qaraldi: 21 April 2012.Sudan ayollar milliy futbol terma jamoasi]]
- ↑ Ulrika Mårtensson. Fundamentalism in the Modern World Vol 2: Fundamentalism and Communication: Culture, Media and the Public Sphere. I.B. Tauris, 19 July 2011 — 320–325-bet. ISBN 978-1-84885-331-7. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
- ↑ Naib. „Tackling taboos: Women's football in Sudan“ (en). www.aljazeera.com (2015-yil 3-may). 2021-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ „Sudanese women play first competitive soccer“. Sudan Tribune (2006-yil 24-fevral). 2012-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.
- ↑ „Manba“ (ar). Sudaneseinphilly.com. 2013-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.
- ↑ „Manba“ (ar) (2012-yil yanvar). 2012-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-aprel.
- ↑ „Sudan's Islamic Fiqh Council bans formation of womens soccer team“. Sudan Tribune. 2012-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.
- ↑ „Manba“ (ar). Meshkat.net (2012-yil 16-fevral). 2012-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-aprel.
- ↑ „Women's soccer league kicks off in post-Bashir Sudan“. Reuters (2019-yil 2-oktyabr). 2019-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-oktyabr.„Womenʼs soccer league kicks off in post-Bashir Sudan“.
- ↑ „Women's Ranking“ (en). origin1904-p.cxm.fifa.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Arab Women's Cup 2021 set to kick off in Cairo“ (en). Arab News (2021-yil 24-avgust). 2022-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ „Sudan - Soccer - Team Profile - Results, fixtures, squad, statistics - Global Sports Archive“.
- ↑ „Arab nations reap rewards of development of women’s game“ (en). www.fifa.com (2021-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Oufsaiyed Elkhortoum | Khartoum Offside“ (en). www.berlinale.de. Qaraldi: 2022-yil 31-iyul.
- ↑ „Review: Khartoum Offside“ (en). Cineuropa – the best of european cinema. 2019-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
- ↑ „منتخب السيدات يخسر أمام نظيره الجنوب سوداني بسداسية“. Red-castle.net (2022-yil 1-fevral). 2022-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
- ↑ „Archived copy“. www.fifa.com. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-yanvar 2022-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sudanning qoʻrqmas ayol futbolchilari — Deutsche Welle tomonidan qisqacha video