Sudan — Turkiya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sudan — Turkiya munosabatlari

Sudan

Turkiya

Sudan — Turkiya munosabatlari Sudan va Turkiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmonlilar tomonidan Sudanni bosib olish 1821-yilda boshlangan. Sudan hududi Misr Eyalatining, keyin esa Misr Xedivatining bir qismi boʻlgan.

Siyosiy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya Sudan mustaqilligini tan olgan birinchi davlatlardan biri hisoblanadi. Turkiyaning Xartumdagi elchixonasi 1956-yilda, Sudan mustaqillikka erishgandan soʻng darhol ochilgan[1].

2017-yilning dekabrida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Sudanga tashrif buyurgan edi. Bu Turkiya rahbarining Sudan mustaqillikka erishganidan keyin Sudanga birinchi tashrifi edi[2][3]. Tashrif chogʻida bir qancha muhim shartnomalar tuzildi, Suakin orolini Turkiyaga 99 yilga ijaraga berish toʻgʻrisidagi kelishuv eng asosiylaridan biri boʻlgan[4]. Usmonlilar hukmronligi davrida orol Qizil dengizdagi muhim port edi, ammo XX asrda, Port Sudan shahri qurilgandan soʻng, Suakin parchalanib ketdi. Orolning ijaraga olinishi Misr va Saudiya Arabistoni tomonidan xavotir bilan qabul qilindi, biroq Turkiya tomoni arab davlatlarining xavfsizligi xavf ostida emasligini, chunki hech narsa tahdid solmaganini taʼkidladi. Sudandagi harbiy toʻntarish va prezident Umar al-Bashir hokimiyatdan chetlatilganidan soʻng, Turkiya TIV Suakinni ijaraga olish boʻyicha kelishuv bekor qilinmaganini aytdi[5].

Iqtisodiy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turk shirkatlari tomonidan turli infratuzilma loyihalari va toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoya yoʻli bilan kiritgan mablagʻ miqdori 650 million dollarni tashkil etadi. 2018-yilda mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 434 million dollarni tashkil etmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „From Rep. of Turkey Ministry of Foreign Affairs“. Republic of Turkey Ministry of Foreign Affairs. 2015-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
  2. „Turkey and Sudan agree to boost ties in Erdogan visit“. www.aljazeera.com. 2020-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
  3. „Why is Sudan's Suakin island important for Turkey?“ (en). www.trtworld.com. 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
  4. „Турция вернула себе османский форпост на Красном море“ (ru). EADaily. 2020-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.
  5. „Turkey denies Suakin pact ends with Sudan“. Anadolu Agency (2019-yil 26-aprel). 2020-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyul.