Subtropik oʻsimliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Subtropik o‘simliklardan yoʻnaltirildi)

Subtropik oʻsimliklar - asosan, doim yashil, barg toʻkadigan baʼzi mevali daraxtlar hamda butalar. Bularga avokado, anjir, anor, apelsin, mandarin, limon, greyfrut, zaytun, xurmo, chilonjiyda (unobi), pista, mushmula, tok, dafna va boshqa kiradi. Su. mazali, toʻyimli va dorivor xususiyatga ega meva beradi. Mevasi yangiligicha, konservalangan hamda quritilgan holda isteʼmol qilinadi. S.oʻ. vegetatsiya davrining uzunligi, qishda tinim davriga oʻtishi bilan tropik oʻsimliklardan farqlanadi. Asosan, subtropik mintaqalarits yetishtiriladi. Oranjereya yoki transheyalarda, shuningdek, uy sharoitida oʻstiriladi. S.oʻ.ning sovuqqa chidamliligi turlicha. Masalan, limon sovuqqa chidamsiz, anjir, anor, xurmo chidamliroq. Oʻzbekistonda S.oʻ.ning baʼzi turlari (apelsin, mandarin, limon va boshqalar) oranjereya yoki transheyalarda, shuningdek, uy sharoitida oʻstiriladi. Soʻnggi yillarda subtropik mevalar Shreder nomidagi Bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining Janubiy Oʻzbekiston tajriba stansiyasida, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi limonariy shirkat xoʻjaligida, Surxondaryo viloyatidagi Denov oʻrmon xoʻjaligida va boshqa bir qancha viloyatlardagi ayrim xoʻjaliklarda, shuningdek, tomorqalarda oʻstirilib, koʻchatlari yetishtirilmoqda.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kulkov O. P., Muhamedzyanov Sh. 3., Oʻzbekistonning subtropik oʻsimliklari, T., 1968; Jivotinskaya S., Vostochnaya xurma v Uzbekistane, T., 1989; Zaysev Yu. I., Sitrusovqe v komnate, T., 1990.

Rixsivoy Joʻrayev.