Subʼyekt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Subʼyekt (lotincha: subjectus — ostida, pastda, asosida turuvchi) — mantiqning hukm chiqarilayotgan predmetni bildiruvchi termini. Grammatik anʼanalarda "S." termini hukm (fikr) predmetiga muvofiq keluvchi ran boʻlagini bildirish uchun qoʻllangan. Bu termin Gʻarbiy Yevropa sintaktik terminologiyasida aynan, tarjimasiz qoldirilgan; rus grammatikasida uning kalkasi — "podlejaheye", oʻzbekchada esa ruscha terminning mazmuniy kalkasi ("ega") qoʻllanadi. "S." grammatik, mantiqiy (kommunikativ, psixologik) hamda semantik S. tushunchalarini birlashtiradi. Koʻpchilik hollarda ular yoki asosan grammatik S. egaga teng boʻladi. Mas, "Bola yigʻlayapti" gapidagi "bola" soʻzi bir paytning oʻzida ham S, ham ega hisoblanadi.