Su- Uyumsuz Defne Kaman'ın Maceraları

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Su- Uyumsuz Defne Kaman'ın Maceraları
Muallif(lar) Buket Uzuner
Mamlakat Turkiya
Til turkcha
Janr(lar)i Roman
Nashr etilgan sanasi 2012-yil
Nashriyot Everest
Sahifalar soni 344
ISBN ISBN 9786051410036

Su-Uyumsuz Defne Kaman'ın MaceralarıBuket Uzuner tomonidan yozilgan va 2012-yilda Everest nashriyotida chop etilgan.

Muallifning Shomonizmning anʼanalarining toʻrt unsuri boʻlgan suv, olov, havo, toshdan ilhom olib yozgan 4 ta „Uyumsuz Defne Kaman'ın Maceraları“ nomli kitob seriyasining birinchisi. Har bir kitob Onadoʻlining bir hududi bilan bogʻlangan. Suv Marmar hududi bilan ramziylashtirilgan[1].

Detektiv fantastika boʻlgan va mefizik elementlarni oʻz ichiga olgan romanda Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu Bilig“ deb nomlangan asari parollar kitobi sifatida ishlatilgan[2]. Eʼtiqod erkinligi, oiladagi zoʻravonlik va ekologizm kabi ijtimoiy muammolarni hal qilish orqali 2000-yillarning panoramasini yaratadigan asarda, „Qadimgi turk madaniyati“ bilan bogʻliq boʻlgan shamanizm va uning hozirgi aksi haqida maʼlumot beriladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]