Kontent qismiga oʻtish

Stoyanka Mutafova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Stoyanka Mutafova

Mutafova Grasshoppers spektaklida rol ijro etmoqda, 2015-yil
Tavalludi
Stoyana-Maria Konstantinova Mutafova

2-fevral 1922-yil
Vafoti 6-dekabr 2019-yil(2019-12-06)
(97 yoshda)
Sofiya, Bolgariya
Fuqaroligi Bolgariya
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 1946–2019
Bolalari 1
Otasi Konstantin Mutafov

Stoyanka Mutafova (bulg‘orcha: Стоянка Мутафова; 1922-yil 2-fevralda tugʻilgan – 2019-yil 6-dekabrda vafot etgan) – bolgar aktrisasi. Faoliyati davomida 53 dan ortiq spektakl va 25 ta filmda rol ijro etgan.

Queen of Bulgarian comedy“ spektaklidagi ijrosi uchun „Tabiiy ofat xonim“ laqabini olgan[1]. Shuningdek, „Bolgariya komediyasining qirolichasi“ sifatida ham tanilgan. Mutafova eng uzoq muddat davomida faol ijod qilgan aktrisa sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga nomzod sifatida koʻrsatilgan[2]. 2016-yilda 94 yoshida AQSh, Kanada, Gollandiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya va Germaniyaning yirik shaharlariga gastrol safarlarini amalga oshirgan[3][4][5][6][7].

Stoyanka Mutafova 1922-yil 2-fevvralda Bolgariyaning Sofiya shahrida tugʻilgan. Sofiya universitetini klassik filologiya mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Keyinchalik Bolgariya va Pragadagi teatr maktablarida aktyorlik mahorati boʻyicha taʼlim olgan. 1949-yildan 1956-yilgacha „Ivan Vazov“ xalq teatrida bir nechta spektakllarda rol ijro etgan. 1957-yilda Aleko Konstantinov nomidagi teatrga asos solgan va 1991-yilga qadar ushbu teatrda faoliyat yuritgan. 2005-yilda Mutafova taniqli aktyor Georgi Kaloyanchev bilan birga „The Astronauts“ nomli spektaklda rol oʻynagan.

Stoyanka Mutafova 2019-yil 6-dekabrda 97 yoshida oʻt pufagida nekroz oqibatida kelib chiqqan sepsis va pnevmoniya kasalligidan vafot etgan[8].