Stoudios monastiri

Stoudios monastiri, toʻliq shakli Stoudiosdagi avliyo Ioannning oldingi monastiri, shuningdek, Stoudios, Studion yoki Stoudion sifatida qisqartirilgan holda ham qoʻllaniladi, Vizantiya imperiyasi poytaxti Konstantinopoldagi (hozirgi Istanbul) yunon pravoslav monastiri boʻlgan. Monastir aholisi stouditlar yoki studitlar deb atalgan. Garchi monastir yarim ming yil davomida tashlandiq holatda qolib ketgan boʻlsa-da, Stoudion qonunlari va urf-odatlari Athos togʻi rohiblari va pravoslav dunyosining boshqa koʻplab monastirlari uchun namuna boʻlib xizmat qilgan.
Monastir xarobalari Marmar dengizi yaqinida, Istanbulning qadimgi Psamathia, hozirgi Koca Mustafo posho deb nomlangan qismida joylashgan. 462-yilda Konstantinopolda istiqomat qilgan Rim patritsiysi, konsul Flavius Studius tomonidan asos solingan va Avliyo Yahyoga bagʻishlab bunyod etilgan. Monastirning birinchi rohiblari Acoemetae monastiridan kelgan. Bugungi kunda ushbu monastir Imrahor masjidiga aylantirilgan boʻlib, Usmoiylar sultoni Boyazid II ning otboqari Mirahor Ilyosbey nomi bilan ataladi.
Masjidga aylantirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
V asrga oid monastir cherkovi Boyazid II ning albaniyalik otboqari Ilyosbey tomonidan Imrahor masjidiga (soʻzma- soʻz Otliq masjidi) aylantirilgan. Qadimgi inshoot 1782-yilgi katta yongʻin natijasida jiddiy zarar koʻrgan, 1894-yilda Istanbulda sodir boʻlgan zilzila natijasida ham bino vayron boʻlgan[1].
1894-yilgi zilziladan keyin Fyodor Uspenskiy boshchiligidagi bir guruh rus vizantist olimlari monastir hududida Rossiya arxeologiya institutini ochgan, ammo 1917-yilgi rus inqilobidan keyin uning faoliyati toʻxtatilgan. Keyingi oʻn yilliklar davomida mahalliy aholi monastir majmuasi xarobalarida oʻz uylarini taʼmirlash maqsadida foydalanib, uni talon-taroj qilgan. 2023-yilda binoni qayta tiklash ishlari oʻsha yilning oxirida boshlanishi eʼlon qilingan[2], taʼmirlash ishlari 2024-yilda boshlangan[3].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Monastirning koʻcha tomondan koʻrinishi
-
Monastirning tashqi devorlari
-
Apsis
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ernest Mamboury. The tourists' Istanbul. Galata - Istanbul: Cituri Biraderler Basimevi, 1953 — 261-262-bet.
- ↑ https://www.trthaber.com/haber/yasam/istanbulun-en-eski-yapilarindan-imrahor-ilyas-bey-camii-778034.html
- ↑ https://www.dailysabah.com/arts/restoration-continues-at-historic-istanbuls-stoudios-monastery/news
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash] Vikiomborda Monastery of Stoudios mavzusiga oid fayllar bor