Kontent qismiga oʻtish

Stoma

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Stoma anatomiyada tananing har qanday teshigini anglatadi. Masalan, og‘iz, burun va orqa chiqaruv teshigi tabiiy stomalardir. Zarurat tugʻilganda, har qanday kovak aʼzoni sunʼiy stomaga aylantirish mumkin. Bunga qizilo‘ngach, oshqozon, oʻn ikki barmoqli ichak, yonbosh ichak, yoʻgʻon ichak, plevra boʻshligʻi, siydik yoʻllari, qovuq va buyrak jomi kiradi. Bunday stoma doimiy yoki vaqtinchalik boʻlishi mumkin.

Sunʼiy stoma hosil qilish bilan bogʻliq jarrohlik amaliyotlari odatda „-ostomiya“ qoʻshimchasi bilan tugaydigan nomlarga ega boʻladi va xuddi shu nomlar koʻpincha shu tarzda yaratilgan stomani ham ifodalash uchun qoʻllaniladi. Masalan, „kolostomiya“ soʻzi koʻpincha sunʼiy anal teshigini yoki uni yaratish jarayonini anglatadi. Shunga koʻra, stomani ostomiya (koʻplikda ostomiyalar) deb atash ham mumkin, bu ayniqsa yara, ostomiya va kontinensiya hamshiraligi sohasida keng tarqalgan[1].

Oshqozon-ichak stomalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kolostomiya
Katta parastomal churra bilan asoratlangan kolostomali bemor. Parastomal churra – bu stoma yoʻliga yondosh toʻqimalarning tashqariga chiqib qolish holati hisoblanadi.
Ayni shu bemorning KT tekshiruvi churra ichidagi ichak qismlarini koʻrsatmoqda.
Parastomal churra qorin devori orqali oʻtkazilgan stomalarning eng keng tarqalgan kechki asorati hisoblanib, bemorlarning 10 foizidan 25 foizigacha uchraydi[2]

.

Stomalar, xususan, oshqozon-ichak trakti (OIT) yoki oshqozon-ichak tizimi (OIT) bilan bogʻliq jarrohlik amaliyotlarida yaratiladi. Meʼda-ichak yoʻli ogʻiz yoki ogʻiz boʻshligʻidan boshlanib, oxirigacha, yaʼni orqa chiqaruv teshigigacha davom etadi. Oshqozon-ichak stomatalariga misollar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Ezofagostomiya
  • Gastrostomiya (shuningdek, teri orqali endoskopik gastrostomiyaga qarang)
  • Xolesistostomiya
  • Xoledoxostomiya

Ichakda:

  • Sekostomiya
  • Kolostomiya
  • Duodenostomiya
  • Ileostomiya
  • Yeyunostomiya
  • Appendikostomiya (shuningdek, kontinentli appendikostomiyaga qarang.

Sunʼiy stomaning keng tarqalgan turlaridan biri kolostomiya hisoblanadi. Bu jarrohlik yoʻli bilan yoʻgʻon ichakda yaratilgan teshik boʻlib, axlatni to‘g‘ri ichakni chetlab oʻtib, tanadan chiqarib, maxsus xaltacha yoki boshqa yigʻish moslamasiga toʻplanishiga imkon beradi. Ushbu jarrohlik amaliyoti odatda oshqozon-ichak traktidagi kasalliklarni davolash uchun qoʻllaniladi. Muolaja davomida naychani ingichka ichakning oxirgi qismi (ileum) va yo‘g‘on ichak oraligʻida ikkiga boʻlinadi, shu sababli bu kolostomiya deb ataladi, va uni qorin sohasida tanadan tashqariga chiqariladi. Tashqariga chiqarilgan joy stoma deb nomlanadi.

Eng yaxshi natijaga erishish va salbiy taʼsirlarni kamaytirish uchun ushbu muolajani iloji boricha ichak yoʻlining pastki qismida oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Bu najas moddalarini organizmdan chiqarishdan oldin tabiiy hazm jarayonining maksimal darajada amalga oshishiga imkon beradi. Stoma odatda olib qoʻyiladigan xaltacha tizimi (yopishqoq yoki mexanik) bilan qoplanadi, bu tizim najasni yigʻib, keyinchalik yoʻqotish uchun saqlaydi. Zamonaviy xaltacha tizimlari tufayli koʻpchilik bemorlar jarrohlik amaliyotidan soʻng odatiy faoliyat va turmush tarziga qayta oladilar.

Stoma oʻrnini rejalashtirishda, hamshira kiyimlar avvalgidek oʻtirishini taʼminlash uchun bemorning beli va kamar chizigʻi balandligini eʼtiborga olishi kerak. Shuningdek, dastlabki paytdan boshlab peristomal churra kamarini taqish stomada jiddiy churra muammosi paydo boʻlishining oldini olishga yordam beradi.

Stomalarga boshqa misollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Dakriosistorinostomiya
  • Sklerotomiya
  • Traxeostomiya
  • Urostomiya (shuningdek, yonbosh ichak orqali siydik yoʻnalishini oʻzgartirish usulini koʻring)
  • Nefrostomiya
  • Ureterostomiya
  • Vezikostomiya (sistostomiya)

Tarixda qoʻllanilgan trepanatsiya usuli ham stoma turlaridan biri hisoblangan.

  1. Paul H. Sugarbaker (2013). "Paraostomy Hernias: Prosthetic Mesh Repair". Abdominal Surgery (American Society of Abdominal Surgeons). http://www.abdominalsurg.org/journal/2014/paraostomy-hernias-prosthetic-mesh-repair.html. 
  2. Paul H. Sugarbaker (2013). "Paraostomy Hernias: Prosthetic Mesh Repair". Abdominal Surgery (American Society of Abdominal Surgeons). http://www.abdominalsurg.org/journal/2014/paraostomy-hernias-prosthetic-mesh-repair.html.