Stjepan Mesić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mesich Stipe (1934.24.12, Oraxovats) — Xorvatiya davlat arbobi. Zagreb universitetining huquq fakultetini tutatgan (1961). 1971-yildan "Xorvatiya bahori" harakati ishtirokchisi. 1990-yildan Xorvatiya demokratik ittifoki kotibi va Xorvatiya Respublikasi birinchi hukumatining bosh vaziri. 1991-yil 5 dekabrdan Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi prezidiumi aʼzosi, 1992-yildan Xorvatiya demokratik ittifoqi partiyasi ijroiya qoʻmitasi raisi, Xorvatiya milliy parlamenti prezidenta. 1994-yil Xorvatiya demokratik ittifoqi partiyasi bilan aloqani uzib, Xorvatiya mustaqil demokratlar partiyasini tuzgan. 1997-yil Xorvatiya mustaqil demokratlar partiyasining bir qismi bilan Xorvatiya milliy partiyasi asoschilaridan va uning bajaruvchi prezidenti oʻrinbosari. 2000-yil 7-fevral dan Xorvatiya Respublikasi prezidenti.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil