Steve Guttenberg
Steve Guttenberg | |
---|---|
![]() Guttenberg 2013-yil | |
Tavalludi |
Steven Robert Guttenberg 24-avgust 1958-yil Brooklyn, New York City, A. Q. Sh. |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1977—hozirga qadar |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Steven Robert Guttenberg (talaffuzi: „Stiven Robert Guttenberg“, 1958-yil 24-avgustda tugʻilgan) — amerikalik aktyor, yozuvchi, biznesmen, prodyuser va rejissyor. U 1980- va 1990-yillardagi Gollivud filmlaridagi bosh rollari bilan tanilgan, jumladan, „Cocoon“, „Police Academy“, „Three Men and a Baby“, „Diner“, „The Bedroom Window“, „Three Men and a Little Lady“, „The Big Green“ va „Short Circuit“.
Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guttenberg 1958-yil 24-avgustda[1] Bruklinda (Nyu-York)[2] ikki singlisi bilan birga hamshira yordamchisi Ann Iris va elektr boʻlimi mutaxassisi Jerome Stanley Guttenbergning yagona oʻgʻli boʻlib tugʻilgan. Choʻqintirgan otasi aktyor MIchael Bell[3]. U Queens tumanidagi Flushing mahallasida oʻsgan va yahudiy tarbiyasi olgan[4]. 1976-yilda uning oilasi Queensdan Shimoliy Massapequaga koʻchib oʻtganidan keyin Plainedge oʻrta maktabini tamomlagan.
Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rollercoaster filmida nomaʼlum qism rolini oʻynaganidan soʻng[5], Guttenberg „Something for Joey“ (1977) telefilmida birinchi ekran rolini oʻynadi. Keyin u 1977-yilda Kaliforniyadagi oʻrta maktab komediyasida 1969-yilda Beverli-Xillzda boʻlib oʻtgan „The Chicken CHronicles“ filmida bosh rolni oʻynadi. 1978-yilda Ira Levinning bestselleri asosida suratga olingan „The Boys from Brazil“ filmida ham suratga tushgan, shuningdek „Family“ filmida mehmon sifatida ishtirok etgan.
1984-yilda Guttenberg Police Academy filmida bosh rol oʻynadi. Filmning premyerasi dam olish kunlarida Amerika hududida 8,5 million dollar, butun dunyo boʻylab esa149 million dollardan koʻproq daromad keltirdi.
Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guttenberg 1988-yil 30-sentyabrda model Denis Bikslerbilan turmush quradi[6]. Ular 1991-yilning iyun oyida ajralishdi[7] va 1992-yilda nikohlari bekor boʻladi[8].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Contemporary Theatre, Film and Television: Volume 1. Cengage, 1985 — 123 bet.
- ↑ Guttenberg, Steve, in Katz. „Why Steve Guttenberg Lives on the Upper West Side“. West Side Rag (23-yanvar 2017-yil). — „I was born in Brooklyn, raised in Flushing, Queens, then Massapequa for my middle and high school years.“. 23-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Q&A with actor Steve Guttenberg“. NASDAQ.
- ↑ Aushenker, Michael. „P.S., Your Mensch Is Dead—for Now“. The Jewish Journal of Greater Los Angeles (23-yanvar 2003-yil). Qaraldi: 13-oktyabr 2011-yil.
- ↑ Harris, Will. „Steve Guttenberg on 'Police Academy', 'Party Down', and turning down 'Sharknado“. The A.V. Club (25-iyul 2015-yil). Qaraldi: 21-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Steve Guttenberg Weds“. Rome News-Tribune (4-oktyabr 1988-yil).
- ↑ „Guttenberg seeks divorce from model“. Chicago Sun-Times (17-yanvar 1992-yil).
- ↑ „The Devil and Steve Guttenberg: Love, Sex, Fame And The Rollercoaster From 'Police Academy' To 'Ballers'“. The Daily Beast (23-iyul 2017-yil).