Stephanie Seymour
| Stephanie Seymour | |
|---|---|
|
Seymour 2008-yilda | |
| Tavalludi |
23-iyul 1968-yil[1] |
| Fuqaroligi | AQSh |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 1983–hozirgacha |
| Turmush oʻrtogʻi |
|
| Bolalari | 4, shuningdek, Peter II |
| Modellik | |
| Boʻyi | 5 ft 10 in (1.78 m) |
| Soch rangi | jigarrang |
| Koʻz rangi | koʻk/kulrang |
| Agentlik | |
Stephanie Michelle Seymour (1968-yil 23-iyulda tugʻilgan)[1] – amerikalik model va aktrisa. 1980 va 1990-yillarda „Sports Illustrated Swimsuit Issue“ va „Vogue“ jurnalining muqovasi uchun suratga tushgan eng mashhur supermodellardan biri. Victoriaʼs Secret Angel sifatida tanilgan. Goʻzallikka oid maslahatlar haqidagi kitob muallifi boʻlib, kiyim-kechak va kosmetika mahsulotlari uchun reklama kampaniyalarida ishtirok etgan. 2017-yilda oʻzining ichki kiyimlar brendini ishga tushirgan. Shuningdek, aktrisalik faoliyatida ham oʻzini sinab koʻrgan.
Yoshlik yillari va karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stephanie Seymour Kaliforniyaning San-Diego shahrida tugʻilgan[3]. Otasi Kaliforniyada koʻchmas mulk bilan shugʻullanuvchi tadbirkor boʻlgan. Seymour 16 yoshida oʻz shahridagi mahalliy gazeta va doʻkonlar uchun model sifatida faoliyatini boshlagan. 1983-yilda 15 yoshida Elite Model Management Look of the Year (hozirda Elite Model Look deb ataladi) nomli tanlovning finaliga qadar yetib borgan[4].
1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida Seymourning surati „Sports Illustrated Swimsuit Issue“ jurnalining koʻplab sonlarida va „Vogue“ jurnali muqovasida paydo boʻlgan. 1991-yil mart oyida, soʻngra 1993-yil fevral oyida Seymour „Playboy“ jurnali uchun suratga tushgan[5]. Model 1980–1990-yillarning eng mashhur supermodellaridan biri boʻlib, uning nomi Ketrin Moss, Naomi Campbell, Linda Evangelista, Christy Turlington, Helena Christensen, Cindy Crawford va Claudia Schiffer bilan bir qatorda tilga olinadi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]14 yoshida Seymour oʻsha paytda 42 yoshda boʻlgan Elite Model Management agentligi rahbari John Casablancas bilan uchrasha boshlagan. Oʻsha vaqtda Casablancas model Jeanette Christiansenga uylangan edi[6]. Juftlik bir muddat birga yashagan, biroq keyinchalik Seymour bu munosabatlarga yakun yasagan[7].
1989-yildan 1990-yilgacha model gitarachi Tommy Andrewsga turmushga chiqqan[5]. Ularning Dylan ismli oʻgʻli bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Stephanie Seymour: Model Profile“. nymag.com. 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 18-mart.
- ↑ „Stephanie Seymour - Model“. MODELS.com.
- ↑ Arnold. „San Diego's Super Models : Agencies Have Discovered Area and Best Talent Under the Sun“ (en-US). Los Angeles Times (1988-yil 13-mart). Qaraldi: 2025-yil 17-yanvar.
- ↑ „Stephanie Seymour“. People.com. 1994-05-09. February 5, 2012da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2012-02-03.
- ↑ 5,0 5,1 „Stephanie Seymour Biography“. nymag.com. 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-avgust.
- ↑ Smith. „Models ‘devirginised’ by predatory agency chiefs“ (en). The Times (2021-yil 14-avgust). Qaraldi: 2025-yil 31-avgust.
- ↑ Gross, Michael. Model: The Ugly Business of Beautiful Women. HarperCollins, 2003 — 449, 452, 456-bet. ISBN 0-06-054163-6.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda Stephanie Seymour mavzusiga oid fayllar bor Media related to Stephanie Seymour at Wikimedia Commons- Stephanie Seymour at Fashion Model Directory
- Stephanie Seymour IMDbda
- Sports Illustrated Swimsuit Collection Gallery for Stephanie Seymour
- Stephanie Seymour Instagram sahifasi