Stephan Andrist

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stephan Andrist
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 12-dekabr 1987-yil (1987-12-12) (36 yosh)
Tavallud joyi Erlenbach im Simmental, Shveysariya
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
FC Chiasso
Raqami 37
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
FC Dürrenast
0000—2007 FC Thun
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2008 FC Thun U21 2 (3)
2007—2011 FC Thun 64 (10)
2011—2014 FC Basel 25 (3)
2012—2013FC Luzern (ijara) 24 (6)
2014—2015 FC Aarau 46 (5)
2015—2017 Hansa Rostock 67 (18)
2017—2019 Wehen Wiesbaden 53 (18)
2019 VfR Aalen 10 (2)
2020 1. FC Saarbrücken 0 (0)
2020— FC Chiasso 8 (0)
Milliy terma jamoa
2004—2005 Shveysariya U18 4 (0)
2007 Shveysariya U20 1 (0)
2007—2008 Shveysariya U21 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-yanvar uchun)

Stephan Andrist (talaffuzi: Stefan Andrist; 1987-yil 12-dekabrda tugʻilgan) — Shveysariyalik yarim himoyachi, „Chiasso“ klubida oʻynaydi[1]. Shveysariya yoshlar terma jamoasining sobiq aʼzosi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolaligida Andrist FC Dürrenastda oʻynagan, keyin FK Thun safidan oʻtgan. 2007-yilda oʻzining asosiy jamoasiga chaqirilgan va debyutini 22-sentyabr kuni FC Luzernga qarshi uy oʻyinida oʻtkazgan. 2008-yil sentabr oyida oyogʻini sindirib oldi.

2011-yilning 30-avgustida Andrist 2014-yil iyun oyi oxirigacha oʻynash sharti bilan Baselga oʻtganini eʼlon qildi[2][3]. 2011-yil 20-sentyabrda Basel safida Servettega qarshi safarda 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda zaxira tarkibida debyut qildi. Andrist klubda dastlabki ikkita golini 2011—2012-yilgi Shveysariya kubogining ikkinchi bosqichida va 2011-yil 15-oktabrda FC Schötzga qarshi safarda 5:1 hisobida gʻalabali oʻyinda urdi. Superligadagi ilk golini 2011-yil 29-oktabrda Grasshopper Club Zürich klubiga qarshi oʻyinda (4:1) kiritdi[4]. 2011—2012-yilgi mavsum oxirida Basel bilan dublni: Liga chempionligi[5] va Shveysariya kubogini[6] qoʻlga kiritdi.

2012-yil 11-sentabrda Basel klubi Andristni Luzernga ijaraga berishini eʼlon qildi[7]. Luzernda bir yil oʻtgach, Andrist Baselga qaytdi[8].

2014-yilning 14-fevralida Andrist bir yillik shartnoma asosida Baseldan Aarau klubiga oʻtdi

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrist Shveysariya yoshlar terma jamoasi aʼzosi wdi. Shveysariyaning 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasidagi debyutini 2004-yilning 13-oktyabrida Avstriyaning 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilariga qarshi oʻz uyida 0:2 hisobidagi oʻyinda oʻtkazdi. Shveysariya U21 terma jamoasidagi debyutini 2007-yil 17-noyabrda Estoniya U21 termasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Oradan bir necha kun oʻtib, 2007-yil 21-noyabrda Shveysariya U20 terma jamoasidagi yagona oʻyinini Germaniya U20 terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Basel

  • Shveysariya Superliga chempioni: 2012-yil
  • Shveysariya kubogi : 2012-yil
  • Uhren kubogi gʻolibi: 2013-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Stephan Andrist“. worldfootball.net. Qaraldi: 2017-yil 13-avgust.
  2. Meister. „Der FC Basel 1893 verpflichtet per sofort Stephan Andrist vom FC Thun“ (de). fcb.ch. FC Basel 1893 (2011-yil 30-avgust). Qaraldi: 2018-yil 22-iyul.
  3. „Der FC Basel 1893 verpflichtet Stephan Andrist“ (de). 20min.ch (2011-yil 30-avgust). Qaraldi: 2018-yil 22-iyul.
  4. Mesiter. „Der FC Basel gewinnt gegen GC nach einer grandiosen ersten Halbzeit mit 4:1“ (de). FC Basel 1893 (2011-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 22-iyul.
  5. „Der 15. Meistertitel für den FCB – die Bilanz einer grandiosen Saison“ (de). football.ch (2012-yil 29-aprel). 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Matchtelegram FC Basel 1893 5:3 FC Luzern“ (de). football.ch (2012-yil 16-may). 2012-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Stephan Andrist leihweise zum FC Luzern“ (de). fcb.ch. FC Basel 1893 (2012-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 22-iyul.
  8. Inguscio. „FCB-Rückkehrer Andrist: "Ich bin froh, dass mich der FCB zurück wollte"“ (de). blick.ch (2013-yil 25-iyun). Qaraldi: 2018-yil 22-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]