Stenobiontlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Stenobiontlar (yun. stenos — tor va bios — yashovchi) — tashki sharoit omillari yoki omillar guruhi oʻzgarmaydigan doimiy muhitda yashovchi organizmlar. Haroratga nisbatan stenobiontlik stenoterm, shurlanishga nisbatan —stenogalin, gidrostatik bosimga nisbatan — stenobat deyiladi. Stenobiontlik namlikka, tuproqning kimyoviy tarkibiga nisbatan ham boʻladi. Muayyan omilni kam miqdorda talab kiladigan yoki talab kilmaydigan organizmlarga nisbatan omil nomiga fob qoʻshib ishlatiladi (mas, galofob, kalsefob va boshqalar). S.ga faqat bitga hayvon turida parazitlik qiluvchi yoki simbioz yashovchi, okeanning muayyan chuqurligi bilan bogʻlangan, gʻorda va nam tropik oʻrmonlarda tarqalgan organizmlar kiradi. Birdaniga bir necha omillarga nisbatan stenobiont organizmlar ham boʻladi. Mac, togʻ daryolarida yashaydigan baliklar yuqori harorat va kislorod tanqisligiga, nam tropik oʻrmonlarda tarqalgan hayvonlar va oʻsimliklar nam tanqisligi va pastki haroratga nisbatan S. boʻladi. Stenobiontlik turning tarqalishini cheklab turadi. S.ga qaramaqarshi jarayon evribiont deyiladi.