Stelvio (changʻi trassasi)
Stelvio – shimoliy Italiyaning Bormio shahrida joylashgan Jahon kubogi musobaqalari uchun moʻljallangan togʻ changʻi sporti trassasi, 1985-yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan[1][2].
Stelvio trassasi dunyodagi eng qiyin va texnik jihatdan murakkab togʻ changʻisi trassalaridan biri, hattoki dunyodagi eng qiyin trassa sifatida ham keng eʼtirof etiladi. Oʻrtacha qiyaligi 30,9% boʻlib, Kitzbüheldagi Streif trassasidan ham tik. Ushbu trassa 2 marotaba jahon chempionatiga (1985, 2005), hamda 3 marta Jahon kubogi final bosqichlariga (1995, 2000, 2008) mezbonlik qilgan.
Ushbu trassa Milan–Kortina-dʼampetssoda oʻtadigan 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi togʻ changʻi sporti boʻyicha barcha 5 ta yoʻnalishda (tezlikda tushish, super ulkan slalom, ulkan slalom, slalom va jamoaviy koʻpkurash bahslari) oʻtkaziladigan musobaqalariga mezbonlik qildi.
Stelvio dovoni nomi bilan atalgan bu trassa bormiolik marhum italyan meʼmori Oreste Peccedi tomonidan loyihalashtirilgan.
Togʻ changʻi sporti bilan shugʻullanuvchi Dominik Paris aynan shu trassada 7 ta Jahon kubogi gʻalabasini qoʻlga kiritgan boʻlib, bu bir yoʻnalishda bitta trassada qoʻlga kiritilgan rekord natija hisoblanadi.
Trassa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻlimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- La Rocca Jump
- Rifugio La Rocca
- Canalino Sertorelli
- Fontana Lunga
- Pian Del’Orso
- Carcentina
- Ciuk
- San Pietro Jump
- Muro San Pietro
- Sali dell’Ermellino
- La Konta
- Bosco Basso
- Feleit
Qishki Olimpiya oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkaklar oʻrtasidagi musobaqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Musobaqa | Turi | Sana | Oltin | Kumush | Bronza |
|---|---|---|---|---|---|
| 2026 | Tezlikda tushish | 2026-yil 7-fevral | |||
| Super ulkan slalom | 2026-yil 11-fevral | ||||
| Ulkan slalom | 2026-yil 14-fevral | ||||
| Slalom | 16 fevral 2026 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Stelvio: the history of a legendary slope“. bormioski.eu (2021-yil 23-noyabr).
- ↑ „Slope profile in PDF“. bormioski.eu (2021-yil 23-noyabr).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bormio changʻi xaritasi bormioski.eu