Steffen Baumgart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Steffen Baumgart
Baumgart 2021-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 5-yanvar 1972-yil (1972-01-05) (52 yosh)
Tavallud joyi Rostock, Germaniya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
1. FC Köln (murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1980—1988 Dynamo Rostock-Mitte
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988—1991 PSV Schwerin 58 (19)
1991—1994 SpVg Aurich 92 (51)
1994—1998 Hansa Rostock 118 (26)
1998—1999 VfL Wolfsburg 32 (5)
1999—2002 Hansa Rostock 67 (6)
2002—2004 Union Berlin 64 (22)
2004—2008 Energie Cottbus 76 (6)
2008 1. FC Magdeburg 13 (3)
2008—2009 Germania Schöneiche 15 (3)
Boshqargan klublari
2009—2010 1. FC Magdeburg
2015—2016 Berliner AK 07
2017—2021 SC Paderborn
2021- 1. FC Köln
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Steffen Baumgart (1972-yil 5-yanvarda tugʻilgan) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi[1].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujumchi Baumgart professional faoliyatini 1995-yilda Hansa Rostockda boshlagan. Ikki yillik tanaffus bilan FC Hansada olti yil oʻtkazdi va 185 oʻyinda 32 gol urdi. 2002-yilda Union Berlinga koʻchib oʻtdi va ikki yil oʻynadi. 2004-yilda klub 2. Bundesligada 17-oʻrinni egalladi.

2004-yilda Baumgart tekinga Energie Cottbusga oʻtdi. Jamoadagi birinchi mavsumida 2. Bundesliga chempionligini qoʻlgan kiritishdi va 2006-yilda Bundesligaga koʻtarildi. Keyingi mavsumda Baumgart asosiy jamoada deyarli oʻynamadi va 2008-yil 3-yanvarda klub va futbolchi shartnomani oʻzaro bekor qilishga kelishib oldilar. 22-yanvar kuni Regionalliga Nord vakili 1. Magdeburg FK Baumgart bilan 2008-yilning iyunigacha shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

Baumgart Bundesliganing 225 uchrashuvida 29 ta gol, 2.Bundesligada esa 142 ta oʻyinda 36 ta gol urgan. .

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilning 31-martida 1. FK Magdeburgga murabbiy sifatida qaytdi va mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi[2]. Mavsum oxirida uning shartnomasi uzaytirildi. Baumgart 2009-yilda FSA-Pokal gʻolibi boʻldi. Dekabr oyi oxiriga kelib Magdeburg yuqori pogʻonadan oʻn ochko ortda qoldi. 2010-yilda liga oʻyinlari qayta boshlanganida bir qator yomon natijalardan soʻng, Baumgart mart oyi oxirida ishdan boʻshatildi[3].

2017-yilda Baumgart SC Paderborn bilan shartnoma imzoladi. Klub 2017—2018-yilgi mavsumda ikkinchi oʻrinni egalladi va 2.Bundesligaga qaytdi[4]. 2019—2020-yilgi mavsumda klub Bundesligada oʻynadi. Paderborn mavsumni 20 ochko bilan soʻnggi oʻrinda yakunladi, bu esa 2020-yil iyun oyida liganing ikkinchi bosqichiga tushib ketishiga olib keldi[5]. Baumgartning Paderborn bilan shartnomasi 2021-yilning 30-iyuniga qadar tuzilgandi, ammo 2021-yilning aprelida Baumgart shartnomasini uzaytirmasligi maʼlum boʻldi va mavsum oxirida klubni tark etdi[6].

2021-yil 11-may kuni Bundesliga klubi 1. FC Köln Baumgartni 2 yillik shartnoma asosida 2021—2022-yilgi mavsumga bosh murabbiy etib tayinlaganini eʼlon qildi[7]. Bosh murabbiyligidagi birinchi oʻyini Bundesliga chempioni „Bayern“ ga qarshi oʻrtoqlik oʻyini boʻlib, unda Baumgart shogirdlari 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Trivia[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilda Baumgart „Ein Spiel ist erst vorbei, wenn der Schiedsrichter pfeift und ich nicht mehr brülle“ (Hakam hushtak chalmaguncha va men baqirishni toʻxtatmaguncha oʻyin tugamaydi) degan soʻzi uchun Germaniya futbol madaniyati akademiyasi tomonidan berilgan „Best Fußballspruch des Jahres“ (Yilning eng yaxshi futbol soʻzi) mukofotini oldi.

Murabbiylik statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

3-noyabr, 2022-yilgi holat boʻyicha
Jamoa Boshlanish davri Tugash davri Natija
D M GF GA GD Gʻalaba %
1. FC Magdeburg 31.03.2009 23.03.2010 34 13 9 12 59 44 +15 038.24
Berliner AK 07 1.07.2015 31.08.2016 41 25 11 5 74 28 +46 060.98
SC Paderborn 16.04.2017 30.06.2021 166 76 39 51 324 230 +94 045.78
1. FC Köln 1.07.2021 Hozirgacha 58 22 20 16 90 86 +4 037.93
Jami 299 136 79 84 547 388 +159 045.48

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Baumgart, Steffen“ (olmoncha). kicker.de. Qaraldi: 1-may 2010-yil.
  2. „Steffen Baumgart neuer Trainer des 1. FC Magdeburg“ (olmoncha). 1. FC Magdeburg e.V. (31-mart 2009-yil). 2019-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2009-yil.
  3. „Magdeburg beurlaubt Trainer Baumgart“ (olmoncha). mdr.de. mdr (23-mart 2010-yil). Qaraldi: 23-mart 2010-yil.
  4. „Paderborn feiert den Aufstieg“. Die Zeit. Qaraldi: 23-may 2019-yil.
  5. „Bundesliga-Abstieg besiegelt: Paderborns Achterbahnfahrt geht weiter“. kicker.de. Qaraldi: 16-iyun 2020-yil.
  6. „Klare Entscheidung“. scp07.de (8-aprel 2021-yil). Qaraldi: 8-aprel 2021-yil.
  7. „FC Köln appoint Steffen Baumgart as head coach“. onefootball.com (11-may 2021-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2021-yil.