Kontent qismiga oʻtish

Stefan Zweig

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Stefan Zweig

Zweig tax. 1912
Tavalludi 28-noyabr 1881-yil
Vafoti 22-fevral 1942-yil(1942-02-22)
(60 yoshda)
Petrópolis, Rio-de-Janeyro, Braziliya
Kasbi
  • ssenarist
  • jurnalist
  • yozuvchi
  • tarixchi
Ijod qilgan tillari Nemis tili, Fransuz tili, Ingliz tili, Italyan tili va Ispan tili
Fuqaroligi Avstriya-Vengriya imperiyasi va Avstriya
Taʼlimi University of Vienna (PhD, 1904)
Turmush oʻrtogʻi
Friderike Maria Burger
(turm. 1920; ajr. 1938)

Lotte Altmann (turm. 1939)
Imzosi

Stefan Zweig (talaffuzi: Stefan Sveyg; nemischa: [ˈʃtɛfan ˈtsvaɪk] ( tinglang)[1]; 1881-yil 28-noyabr, Avstriya-Vengriya imperiyasi – 1942-yil 22-fevral, Braziliya) – avstriyalik yozuvchi. 1920—1930-yillarda adabiy faoliyatining choʻqqisiga chiqqan hamda dunyo miqyosida mashhurlikka erishgan. Shuningdek, ushbu davr mobaynida u asarlari eng koʻp tillarga tarjima qilingan yozuvchilardan biri boʻlgan[2].

Zweig Avstriya-Vengriya imperiyasining Vena shahrida oʻsib-ulgʻaygan. U „Drei Meister“ (1920) nomli asarida Honoré de Balzac, Charles Dickens va Fyodor Dostoevskiy kabi mashhur adabiyot namoyondalarining hayoti va ijodi haqida tarixiy tadqiqotlar yozgan. Shuningdek, „Decisive Moments in History“ (1927) asarida ham muhim tarixiy voqealar haqida bayonot bergan. U Joseph Fouché (1929), Mary Stuart (1935) va Marie Antoinette (1932) kabi tarixiy shaxslarning tarjimayi hollari haqida asarlar yozgan. Zweigning eng mashhur badiiy asarlari qatoriga „Nomaʼlum ayol maktubi“ (1922), „Amok“ (1922), „Vahima“ (1925), „Verwirrung der Gefühle“ (1927), „Bir ayol hayotidan yigirma toʻrt soat“ (1927), „Ungeduld des Herzens“ (1939) va „Schachnovelle“ (1941) kabilari kiradi.