Stefan Kuntz
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Stefan Kuntz[1] | ||
Tavallud sanasi | 30-oktyabr 1962-yil | ||
Tavallud joyi | Neunkirchen, Gʻarbiy Germaniya | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Turkey (bosh murabbiy) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1970-1981 | Borussia Neunkirchen | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1980-1983 | Borussia Neunkirchen | 89 | (28) |
1983-1986 | VfL Bochum | 100 | (41) |
1986-1989 | Bayer 05 Uerdingen | 94 | (32) |
1989-1995 | 1. FC Kaiserslautern | 170 | (75) |
1995-1996 | Beşiktaş | 30 | (9) |
1996-1998 | Arminia Bielefeld | 65 | (25) |
1998-1999 | VfL Bochum | 20 | (6) |
2002-2003 | SV Furpach | 22 | (22) |
2004-2005 | FC Palatia Limbach | 10 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
1983-1985 | West Germany U-21 | 4 | (3) |
1986 | West Germany B | 1 | (2) |
1993-1997 | Germany | 25 | (6) |
Boshqargan klublari | |||
1999-2000 | Borussia Neunkirchen | ||
2000-2002 | Karlsruher SC | ||
2003 | Waldhof Mannheim | ||
2003 | LR Ahlen | ||
2016-2021 | Germany U21 | ||
2021 | Germany U23 | ||
2021- | Turkey | ||
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Stefan Kuntz (1962-yil 30-oktabrda tugʻilgan) — nemis professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan. Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Kuntz 1993—1997-yillar oraligʻida Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Germaniya terma jamoasi bilan1994-yilgi FIFA Jahon kubogi chorak finaliga chiqqan va UEFA Euro 1996 gʻolibi boʻlgan. U 25 ta oʻyinda 6 ta gol urgan. Shu jumladan, Euro-1996 yarim finalida Angliyani magʻlub etgan oʻyinda jamosiga katta foyda keltirgan.
Klubdagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kuntzning futbolchilik faoliyati 1983-yildan 1999-yilgacha davom etgan. U Bundesligada 449 ta oʻyinda maydonga tushib, 179 ta gol urgan.[2] Kuntz VfL Bochum, Bayer 05 Uerdingen, 1 FC Kaiserslautern va Arminia Bielefeld hamda Turkiyaning Beshiktosh JK jamolari uchun oʻynagan. 1986 va 1994-yillarda Kuntz Bundesligadagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan.[3]
1995-yilda Kuntz vatandoshining iltimosiga binoan Turkiyaning „Beşiktaş“ jamoasiga oʻtdi.[4] Kuntz oʻzining Ligadagi debyutini 1995-yil 13-avgustda „Kayserispor“ga qarshi safar oʻyinida 1:1 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan.[5] 1995-yil 24-sentyabrda u oʻzining birinchi golini debyut oʻyindan 5-hafta oʻtib Istanbulspor"ga qarshi oʻz uyida 5:2 hisobida yakunlagan uchrashuvda kiritdi.[6]
Xalqaro darajadagi oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Euro-1996da Kuntz yarim finalda Angliya bilan 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda jamoasi uchun muhim rol oʻynadi. Oʻyinda Angliya oldinga chiqib olganidan keyin koʻp oʻtmay hisobni tenglashtirdi, shuningdek, penaltilar oʻyinida beshinchi penaltini u amalga oshirdi. Kuntz xalqaro oʻyinlardagi faoliyati davomida 25 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urdi.[7] Eng ahamiyatli jihati bu oʻyinlarning hech biri Germaniyaning magʻlubiyati bilan yakunlanmadi (20 gʻalaba, penaltilar seriyasidan keyin bitta gʻalaba va toʻrtta durang), bu magʻlubiyatsiz oʻyinlar boʻyicha Germaniya uchun rekorddir.[8]
Futbolchilikdan keyingi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yildan 2008-yilgacha Kuntz VfL Bochum klubining sport direktori boʻlgan. 2008-yildan 2016-yilgacha u 1. Kayzerslautern FKning boshqaruv kengashi raisi boʻlgan.
Germany U21 terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida u ikki marta 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. 2017-yilda uning jamoasi finalda Ispaniyani 1:0 hisobida magʻlub etdi. 2021-yilda esa Germaniya xuddi shu hisobda Portugaliyani ham magʻlub etgan.[9]
2021-yil 19-sentabrda u Turkiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.[10]
Muvaffaqiyatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinchi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kaiserslautern
- DFB-Pokal: 1989-90
- Bundesliga: 1990-91
- DFL-Supercup: 1991[11]
Germaniya safida
- UEFA European Championship: 1996
Individual tarzdagi muvaffaqiyatlari
- Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 1991-yil
Menejer sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germany U21
- UEFA European Under-21 Championship: 2017, 2021; runner-up: 2019
Boshqaruv statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 14-iyun, 2022-yil holatiga koʻra
Jamoa | -dan | -gacha | Natija | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
G | W | D | L | Gʻalaba % | |||
Borussia Neunkirchen | 1999-yil, 18-noyabr | 2000-yil, 30-iyun | 22 | 15 | 5 | 68.18 | 68.18 |
Karlsruher SC | 2000-yil, 1-iyul | 2002-yil, 25-sentabr | 79 | 30 | 29 | 37.97 | 37.97 |
Waldhof Mannheim | 2003-yil, 3-aprel | 2003-yil, 30-iyul | 8 | 1 | 6 | 12.50 | 12.50 |
LR Ahlen | 2003-yil, 1-iyul | 2003-yil, 13-noyabr | 13 | 4 | 8 | 30.77 | 30.77 |
Germany U21 | 2016-yil, 1-sentabr | 2021-yil, 19-sentabr | 53 | 38 | 8 | 71.70 | 71.70 |
Germany Olympic | 2021-yil, 1-iyun | 2021-yil, 7-avgust | 3 | 1 | 1 | 33.33 | 33.33 |
Turkey | 2021-yil, 19-sentabr | hozirgacha | 10 | 7 | 2 | 70.00 | 70.00 |
Jami | 188 | 96 | 33 | 59 | 51.06 |
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Squad List: Men's Olympic Football Tournament Tokyo 2020: Germany (GER)“. FIFA (2021-yil 22-iyul). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ Arnhold. „Stefan Kuntz – Matches and Goals in Bundesliga“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
- ↑ Arnhold. „(West) Germany – Top Scorers“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 4-iyun). Qaraldi: 2015-yil 14-oktyabr.
- ↑ „Amatör Ruhla Oynayan Bir Alman: Stefan Kuntz“ (Tr). Beşiktaş J.K. (2016-yil 20-yanvar). 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr. „1995-96 sezonunda vatandaşı Christoph Daum'un isteği üzerine Beşiktaşımız'a transfer oldu. Siyah-beyaz formayla, ligdeki ilk golünü 24 Eylül 1995'de Beşiktaşımız'ın 5-2 kazandığı maçta İstanbulspor filelerine gönderdi.“.
- ↑ „Kayserispor – Beşiktaş Maç Detayları – TFF“ (Tr). Turkish Football Federation. 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Beşiktaş – Istanbulspor A.Ş. Maç Detayları – TFF“ (Tr). Turkish Football Federation. 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-sentyabr.
- ↑ Arnhold. „Stefan Kuntz – Goals in International Matches“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2015-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-oktyabr.
- ↑ „Stürmer, Trainer, Manager – Die Stationen des Stefan Kuntz“ (de-DE). Süddeutsche Zeitung (2008-yil 7-aprel). 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-avgust.
- ↑ „Germany beat Portugal to win European U21 Championship“. Bundesliga (2021-yil 6-iyun). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
- ↑ „Stefan Kuntz named new Turkey head coach“. tff.org (2021-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Deutscher Supercup, 1991, Finale“. dfb.de (2014-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 5-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Stefan Kuntz at fussballdaten.de (in German)
- Stefan Kuntz at WorldFootball.net
- Stefan Kuntz National-Football-Teams.com saytida