Stefan Ilsanker

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stefan Ilsanker
Ilsanker Eintracht Frankfurt bilan, 2022-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 18-may 1989-yil (1989-05-18) (34 yosh)
Tavallud joyi Hallein, Salzburg, Avstriya
Boʻyi 1.89 m[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Genoa
Raqami 31
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2005 1. Halleiner SK
2005—2007 Red Bull Salzburg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2010 Red Bull Juniors Salzburg 104 (4)
2009—2010 Red Bull Salzburg 0 (0)
2010—2012 Mattersburg 50 (0)
2012—2015 Red Bull Salzburg 89 (4)
2015—2020 RB Leipzig 105 (1)
2020—2022 Eintracht Frankfurt 51 (3)
2022- Genoa 0 (0)
Milliy terma jamoa
2007—2008 Avstriya U19 12 (0)
2008—2010 Avstriya U21 9 (0)
2014- Avstriya 61 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Stefan Ilsanker (1989-yil 18-mayda tugʻilgan) — avstriyalik professional futbolchi, Serie B vakili „Genoa“ klubi va Avstriya terma jamoasida himoyachi yarim himoyachisi. Ilsanker mamlakatini 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida himoya qilgan. Shuningdek 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasi aʼzosi boʻlgan. 2014-yildan beri toʻliq professional terma jamoada oʻynay boshlagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilsanker faoliyatini 1. Halleiner SK yoshlar jamoasida darvozabon sifatida boshlagan, lekin keyinchalik yarim himoyaga oʻtdi. 2005-yilda Red Bull Juniors jamoasida oʻynagan va Red Bull Salzburg bilan shartnoma imzolagan.

2009-yilning 4-aprelida Ilsanker liga o‘yinlari uchun asosiy jamoa zaxira o‘rindig‘iga chaqirildi. Red Bull Salzburgdagi birinchi oʻyini 2009-yil 15-avgustda milliy kubokda boʻldi[2]. 2009-yil 25-avgustda Red Bull Salzburg safida UEFA Chempionlar Ligasi saralash bosqichi doirasidagi „Maccabi Haifa“ga qarshi oʻyinda debyut qildi.

2009—2010-yilgi mavsum oxirida Ilsanker SV Mattersburg bilan shartnoma imzoladi[3]. 2012-yilda Red Bull Salzburgga qaytdi. 26-fevral kuni klub bilan shartnomasi 2018-yilgacha uzaytirilganini eʼlon qildi.

2020-yilning 31-yanvarida Ilsanker Frankfurtning „Eintracht“ klubiga 2022-yilgacha amal qiladigan shartnoma asosida qo‘shildi[4][5]. 2020-yil 3-iyun kuni Ilsanker „Werder“ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushdi va o‘yinning so‘nggi 10 daqiqasida ikkita gol urdi, 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi[6].

2022-yil 23-iyunda Ilsanker Italiyaning „Genoa“ klubiga oʻtdi[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stefan Ilsanker Avstriya milliy futbol jamoasi bilan, 2014-yil

Ilsanker 2014-yildagi debyutidan beri Avstriya terma jamoasi bilan 40 dan ortiq o‘yinda g‘alaba qozongan. Ilsanker oʻz mamlakatini Yevro-2016da himoya qilgan, unda Avstriya F guruhida oxirgi oʻrinni egallagan[8]. Turnirda Avstriya safida ikkita oʻyinda qatnashdi, ular boʻlajak chempion Portugaliya bilan 0:0 hisobida durang[9] oʻynashdi. Ammo Islandiyaga 1:2 hisobida yutqazishdi[10].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stefan Ilsanker — Red Bull Salzburg darvozaboni Herbert Ilsankerning oʻgʻli.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

14-may, 2022-yil holatiga koʻra[11]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Red Bull Salzburg (A) 2006—2007 Avstriya birinchi ligasi 0 0 3 0 3 0
2007—2008 Avstriya birinchi ligasi 26 2 26 2
2008—2009 Avstriya birinchi ligasi 23 0 1 0 24 0
2009—2010 Avstriya birinchi ligasi 27 2 27 2
Jami 76 4 4 0 80 4
Red Bull Salzburg 2009—2010 Avstriya Bundesligasi 0 0 2 0 1 0 3 0
Mattersburg 2010—2011 Avstriya Bundesligasi 26 0 4 0 30 0
2011—2012 Avstriya Bundesligasi 24 0 2 0 26 0
Jami 50 0 6 0 56 0
Red Bull Salzburg 2012—2013 Avstriya Bundesligasi 26 0 4 0 1 0 31 0
2013—2014 Avstriya Bundesligasi 32 4 6 1 13 0 51 1
2014—2015 Avstriya Bundesligasi 31 0 5 0 9 0 45 0
Jami 89 4 15 1 23 0 127 4
RB Leipzig 2015—2016 2. Bundesliga 26 1 2 0 28 1
2016—2017 Bundesliga 33 0 1 0 34 0
2017—2018 Bundesliga 21 0 1 0 6 0 28 0
2018—2019 Bundesliga 19 0 4 0 11 0 34 0
2019—2020 Bundesliga 6 0 1 0 0 0 7 0
Jami 105 1 9 0 17 0 131 1
Eintracht Frankfurt 2019—2020 Bundesliga 12 2 2 0 4 0 18 2
2020—2021 Bundesliga 27 1 2 0 29 1
2021—2022 Bundesliga 12 0 0 0 2 0 14 0
Jami 51 3 4 0 6 0 61 3
Jami faoliyati 371 12 40 1 47 0 457 13

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Red Bull Salzburg

Eintracht Frankfurt

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Stefan Ilsanker“. Eintracht Frankfurt. Qaraldi: 2022-yil 5-oktyabr.
  2. „Stefan Ilsanker - ÖFB Cup 2009/2010“ (de). weltfussball.at. World Football. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  3. „Erste Neuverpflichtungen bei Mattersburg“ (de). UEFA.com. Union of European Football Associations (2010-yil 20-may). 2020-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  4. „RasenBallsport Leipzig - Abgang-Ilsanker“ (de). redbulls. Qaraldi: 2020-yil 13-mart.
  5. „Vertrag bis 2022: Stefan Ilsanker wird ein Adlerträger“ (de). Eintracht Frankfurt (2020-yil 31-yanvar).
  6. „Ilsanker brace for Eintracht keeps Bremen in drop zone“. ESPNFC (2020-yil 3-iyun). Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  7. „Stefan #Ilsanker è un nuovo giocatore del Genoa“ (it). Genoa (2022-yil 23-iyun). Qaraldi: 2022-yil 23-iyun.
  8. „Euro 2016: Full squads for every country“. BBC (2016-yil 1-iyun). Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  9. „Cristiano Ronado hits upright 79th-minute penalty“. UEFA (2016-yil 18-iyun). Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  10. „Iceland scored a dramatic injury-time winner in a pulsating match to eliminate Avstriyaand set up a last-16 tie against England in Nice on Monday.“. BBC (2016-yil 22-iyun). Qaraldi: 2020-yil 4-iyun.
  11. „Stefan Ilsanker » Club matches“. WorldFootball.net. Qaraldi: 2017-yil 5-fevral.