Stanislav Monyushko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Stanislav Monyushko (Moniuszko) (1819.5.5, Minsk yaqinidagi Ubel qishlogʻi — 1872.4.6, Varshava) — polyak kompozitori, dirijyor, organchi, pedagog , milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Vilnyus (1840— 58), Varshava (1858 yildan) opera teatrlarida dirijyor, Varshava konservatoriyasida prof. (1864 yildan). Birinchi milliy opera ("Galka", 1848), mumtoz kamer vokal asarlari (400 dan ortiq qoʻshiq, romans va boshqalar), bir nechta vodevil va operetta, 6 messa, rekviyem, kantatalar, simfonik asarlar muallifi. Musiqa uslubi ifodaviy vositalarning xalqchilligi, mavzularning kuychanligi, lirik kayfiyatga boyligi, folklor ohanglaridan keng foydalanganligi, sahna asarlari esa musiqiy obrazlarning yorqinligi, dramaturgik mahorati bilan ajralib turadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil