Stanchik
| Stanchik | |
|---|---|
|
Jan Matejkoning Stanchik kartinasi Masxaraboz 1514-yilda qirollik balida Moskvaliklar Smolenskni egallab olgani haqidagi xabardan tashvishga tushgan yagona shaxs sifatida tasvirlangan[1]. | |
| Tavalludi | 1480 |
| Vafoti | 1560 |
| Fuqaroligi | Kingdom of Poland |
| Kasbi | masxaraboz |
Stanchik (taxminan 1480–1560-yillar) eng mashhur polyak saroy masxarabozi. U uchta Polsha qiroli – Alexander, Sigismund I the Old va Sigizmund II Avgustlarning xizmatida boʻlgan[2][3].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar kamligi XIX asrda Stanchik haqida toʻrtta turli farazning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan: u Jan Kochanowski va uning hamkasblari tomonidan toʻqib chiqarilgan; yoki u „zamondoshlari tomonidan Ezopona uslubda kiyintirilgan oddiy masxaraboz boʻlishi mumkin; yoki XIX asr yozuvchilarining Shekspirona tasavvuri; yoki haqiqatan ham societatis ioculatorumning yashirin taʼsir kuchiga ega arbobi“[3]. Zamonaviy olimlarning umumiy xulosasiga koʻra, bunday inson haqiqatan ham mavjud boʻlgan. Agar mavjud boʻlmagan taqdirda ham, u keyingi asrlardagi Polsha madaniyatida katta ahamiyat kasb etgan. U XIX–XX asrlarning koʻplab sanʼatkorlari asarlarida namoyon boʻlgan[3].
Stanchikning hayoti haqida deyarli hech narsa maʼlum emas, hattoki uning ismi va shaxsi ham bahsli masala hisoblanadi. Oʻsha davr manbalarida Gaska va Stanchik ismli saroy masxarabozlari tilga olinadi. Qiziqarli jihati shundaki, har ikkala ism ham Jan Kochanowski qalamiga mansub ikkita qisqa sheʼrda uchraydi[4]. Har ikkala soʻz ham mos ravishda gęś (gʻoz) va Stanisław soʻzlarining kichraytirilgan shakllaridir[4]. Shu sababli Aleksander Brückner va undan keyingi tadqiqotchilar Gąska hamda Stańczyk aslida bir shaxsga tegishli ikki taxallus degan xulosaga kelishgan[3][5]. Shu taxmin tufayli Stanchik baʼzida Stanisław Gąska deb ham ataladi. Bu ism odatiy polyak ismlariga oʻxshaydi, biroq u masxarabozning davrida emas, XIX asr oxirida paydo boʻlgan va qoʻllanila boshlangan[6].
Stanchikning shuhrati va afsonasi uning davrida, uygʻonish davridayoq kuchli boʻlgan. Uning mashhurligi 19-asrda qayta tiklangan va hozirgi kunda ham mashhur[5]. Yevropaning boshqa saroy masxarabozlaridan farqli oʻlaroq, Stanchik doimo masxarabozlik qiluvchi emas, undan ancha ortiq shaxs sifatida koʻrilgan[7].
U yuqori aql egasi va siyosiy faylasuf sifatida esda qolgan. Stanchik Polshaning oʻsha davrdagi va kelajakdagi ahvolini chuqur idrok etgan olgan. U oʻz masxarabozlik vazifasidan foydalanib, satira orqali zamondoshlarini tanqid qilgan va ularni ogohlantirgan. Uning oʻtkir hazillari koʻpincha oʻsha davrdagi siyosiy voqealar yoki saroy ishlari bilan bogʻliq boʻlgan. Stanchikning hazillari va latifalari zamondoshlari boʻlgan yozuvchi va tarixchilar tomonidan yozib qoldirilgan. Ularga Łukasz Górnicki, Jan Kochanowski, Marcin Kromer va Mikołaj Rej kiradi. Ular Stanchikni haqiqat yoʻlida kurashgani uchun maqtashgan. Baʼzi manbalarda esa u „Yepiskoplar yoqtirmaydigan Marcin Kromerning shaxsiy doʻsti“ sifatida tilga olinadi[8].
Stanchik haqidagi eng mashhur hangomalardan biri ov voqeasiga oid. 1533-yilda Qirol Sigismundga Litvadan katta ayiq keltirilgan. Ayiqni qirol ovlashi uchun Krakov yaqinidagi Niepołomice oʻrmoniga qoʻyib yuborishgan. Ov paytida hayvon qirol, qirolicha va ularning saroy ahliga tashlanib, vahima va tartibsizlikni keltirib chiqardi. Qirolicha Bona otidan yiqiladi va natijada homilasini yoʻqotadi. Keyinchalik qirol Stanchikni ayiqka hujum qilmay, qochib ketganlikda tanqid qiladi. Masxaraboz esa bunga „Qafasda turgan ayiqni qoʻyib yuborish – undan ham katta nodonlikdir“, deb javob qaytargan. Bu soʻzlar Polsha tomonidan magʻlub etilgan, biroq toj tarkibiga toʻliq qoʻshilmagan Prussiyaga nisbatan qirolning yuritgan siyosatiga ishora sifatida talqin qilinadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Potter, Matthew C.. Representing the Past in the Art of the Long Nineteenth Century: Historicism, Postmodernism, and Internationalism (en). Taylor & Francis, 30 September 2021 — 186-bet. ISBN 978-1-351-00417-6.
- ↑ Józef Bachórz; Alina Kowalczykowa. Słownik literatury polskiej XIX wieku (pl). Wrocław: Ossolineum, 1991 — 109-bet. ISBN 978-83-04-03251-4.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 ; Paulina Buchwald-Pelcowa; Barbara OtwinowskaJan Kochanowski 1584–1984: epoka, twórczość, recepcja (pl). Lublin: Wydawnictwo Lubelskie, 1989 — 425–438-bet. ISBN 978-83-222-0473-3.
- ↑ 4,0 4,1 Stanisław Eile (1960). "Stańczyk" (pl). Pamiętnik literacki (Wrocław: Zakład im. Ossolińskich) 2: 260–263.
- ↑ 5,0 5,1 Jan Zygmunt Jakubowski, ed (1959). (pl)Przegląd humanistyczny (Warsaw: Państwowe Wydawnictwo Naukowe) 3: 200.
- ↑ The etymologic analysis of Stańczyk’s name is provided in: Warsaw University, Institute of Polish Language (corporate author). Prace filologiczne (pl). Warsaw: Skł. gł. w Księgarni E. Wendego, 1992 — 283–290-bet.
- ↑ The difference between Polish and foreign traditions in this context is discussed in: Hilary Meciszewski (1 May 1844). "Humorystyka" (pl). Dwutygodnik Literacki (Kraków) (3): 68–74.
- ↑ Stanisław z Bochnie, kleryka królewski (pl) Helena Kapełuś: . Wrocław: Zakład Narodowy im. Ossolińskich, 1964.