Spidometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Spidometr (ing . speed — tezlik va metr) — transport mashinalarining harakat tezligini (km/soatda) koʻrsatadigan asbob. Magnit induksiyali va mexanik xillari bor. Magnit induksiyali S. mashinaning uzatmalar qutisidagi ikkilamchi val bilan birikkan oʻzgarmas magnit maydonining S. mili biriktirilgan disk yoki silindrda induksiyalanadigan uyurma toklar magnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashuviga asoslangan. S. mili mashinaning harakat tezligiga mos ravishda buriladi. Mexanik S. markazdan qochmakuchga asosan ishlaydi (yana q. Taxometr). S. mexanik yoki elektr usulda mashina transmissiyasi yoki gʻildiraklaridan harakatga keltiriladi. S.ning bir uzeliga transportning oʻtgan yoʻlini koʻrsatuvchi hisoblash mexanizmi oʻrnatiladi.