Bolgʻabaliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sphurna zygaenadan yoʻnaltirildi)
Bolgʻabosh
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

BOLGʻABALIQ (Sphyrna zygaena) - akulasimonlar turkumiga mansub baliq. Tanasining uz. 3,5 m cha, ogʻirligi 150 kg gacha (baʼzilari hatto 400 kg gacha). Atlantika va Tinch okeanning tropik hamda subtropik mintaqalarida tarkalgan. Dengiz tubida yashaydi, kambala, skat va har xil umurtqasiz jonivorlar bilan oziqlanadi. Urgʻochisi 40 tagacha tirik baliqchalar tugʻadi. Kam ovlanadi. Boshining ikki yonidagi oʻsimtasi bolgʻaga oʻxshaydi. Nomi ham shundan olingan. Yirik koʻzlari boshidagi oʻsimtalar ustida joylashganidan B. ancha uzoqni koʻradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil