Spartak qoʻzgʻoloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Spartak qoʻzgʻoloni — Mil. avv. 74-yilda (73-yil)-71 boshlangan Spatrak boshchilidagi qullar qoʻzgʻoloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qoʻzgʻolonlardan biri boʻlgan.


Spartak qoʻzgʻoloni toʻgʻrisida qisqa[tahrir]

Rim armiyasida bosh tortganligi uchun Kapuya shahridagi gladiatorlik maktabida sotib yuborilgan frakiyalik qul Spartak qullarni qoʻzgʻolon koʻtarishga undadi. Ammo kimdir bu haqda rimliklarga xabar yetkazadi. Shunda Spartak va uning 200 yaqin tarafdorlari qorovullarga hujum qiladilar va qochib chiqib ketadilar. Shaharda yashirinish imkoniyati boʻlmagani sababli ular Vezuviy togʻidagi qoyaga chiqin oladilar. Asta-sekin boshqa qullar ham ularga kelin qoʻshila boshladi va qoʻzgʻolon kʻotarganlar safi kengaya bordi. Koʻp oʻtmay ularning soni 10 ming kishiga yetdi. Qoʻzgʻolon koʻtargan qullarni tor-mor etishga joʻnatilgan uch ming kishilik qoʻshin Vezuviy togʻlari yaqinida harbiy lager tikladi. Qamal boshlandi. Spartak kutilmagan va dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum novdalaridan narvon toʻqib, koʻrinmaydigan tarafdan choʻqqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar guruhining orqasidan zarba bergan Spartak ularni tor-mor etdi. Ammo koʻp oʻtmay qoʻzgʻolon koʻtarganlar orasida ixtilof paydo boʻldi. Qullarning bir qismi Rimni tor-mor etishga va quldorlardan qasos olishga ahd qilishdi. Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass noshchilgida koʻp ming sonli qoʻshin joʻnatildi. Miloddan avvalgi 71-yilning bahorida roʻy bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi va uning oʻzi esa ana shu jangda halok boʻldi. 6 mingdan ziyod asirlar Rim-Kapuya oraligʻidagi yoʻl boʻylarida xochlarga mixlab tashlandi. Qoʻzgʻolon koʻtarganlarning alohida toʻdalari esa, kurashni yana 10 yil davom ettirdilar [1]

  1. "Tarix Qadimgi Dunyo A.S. Sadullayev, V.A. Kostetskiy" 6-sinf darsligidan olingan qisqa maʼlumot