Sparta tarbiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sparta Tarbiyasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sparta tarbiyasi - mil. av. 84-asrlarda Sparta davlatida zodagonlarning bolalarini tarbiyalash tizimi. 7— 20 yoshdagi bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalangan, keyin davlat internatlarida harbiyjismoniy tayyorgarlik koʻrishgan. Oʻqish va yozishni oʻrganishgan; buyruqqa boʻysunish, uni soʻzsiz bajarish va gʻalabaga erishish koʻnikmalari shakllantirilgan, harbiy intizom asosida hayotga oʻrgatilgan. Tartibintizom yildanyilga qiyinlashtirib borilgan. Kattalarga soʻzsiz boʻysunish, yengil kiyimda, oyoq kiyimsiz yurishga, kattiq oʻrinjoyda yotishga oʻrgatilgan. Maxsus jismoniy mashqlar bajarilishi belgilab qoʻyilgan. 15—20 yoshdagilar uchun harbiy mashklar bilan birga, xorda kuylash asosiy mashgʻulotlar sirasiga kiritilgan. Yoshlarning akliy rivojlanishi muhim hisoblangan va savollarga aniq hamda qisqa javob berish maxsus mashgʻulotlar jarayonida oʻzlashtirilgan. Qizlar oilada tarbiyalangan, lekin ularning tarbiya tizimiga yugurish, kurash, disk va nayza uloktirish kabi mashklar kiritilgan. 18—19-asr pedagogik fikr taraqqiyotida Sparta tarbiyasining muhim ijobiy taʼsiri boʻlgan. Bu tarbiyaning ayrim jihatlari keyingi yillarda Fransiya va Rossiya harbiy oʻquv yurtlarida ham qoʻllanilgan.