Spainiklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Spainiklar (Diplozoon) - monogenetik soʻrgʻichlilar sinfiga, diplozoonidlar oilasiga mansub urugʻning nomi. Bir necha turi bor. Uz. 8 mm gacha. Karpsimon baliqlar jabrasida, keng tarqalgan turi — paradoksal spaynik otscha baliqlar jabrasida parazitlik qiladi. Yosh S. alohida yashaydi. Keyinchalik yosh parazitlar qorin va yelka soʻrgʻichlari yordamida birbiriga yopishib olib yashashga oʻtadi. Bunday S. dan birining urugʻ yoʻli ikkinchisining tuxum yoʻliga ochiladi. Natijada ular birbirini urugʻlantiradi. Bu parazitlar oʻzinioʻzi otalantira olmaydi. Voyaga yetgan parazitlarning baliqlar jabralariga yopishish uchun yopishuvchi disklari, klapanlari va ilmoqchalari mavjud.