Soyaki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Soyaki, Zambilbosh — xalq seleksiyasida yaratilgan xoʻraki va vinobop uzum navi. Toshkent viloyati Parkent tumanida koʻp ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi, bargi yirik, uch boʻlmali, bet tomoni yaltiroq, silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi havol, sershingil, ikki yoni boʻrtib chiqqan, 700—800 g (3—4 kg gacha boradi). Gʻujumi oʻrtacha, dumaloq, eniboʻyi 18—19 mm, quyoshga qaragan tomoni sargʻimtir, och yashil, poʻsti yupqa, eti suvli. Tarkibida 20— 22% qand, 6—7 g/l kislota bor. Hosili faol harorat yigʻindisi 3100° da 150 kunda, avg . oxiri — sent. oʻrtalarida toʻliq pishadi. Hosildorligi 150—160 s/ga. Eng yuqori hosildorligi 234 s/ga. Uzumi yangiligida isteʼmol qilinadi, oq musallaslar, shampan vinolari tayyorlanadi; uzum boshlarini osib, qish fasligacha sakdash mumkin.