Soxoista jangi
| Soxoista jangi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
| Qoʻmondonlar | |||||||
Soxoista jangi (gruzincha: სოხოისტის ბრძოლა; turkcha: Sohoista Savaşı) 1545-yilda hozirgi Turkiyaning shimoli-sharqidagi Soxoista hududida Usmoniylar va Gruziya qoʻshinlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Bu jang gruzin hukmdorlarining Usmoniylarning hududiy kengayishiga qarshi birlashib, yagona kuch sifatida kurashishga soʻnggi urinishi edi, biroq jang ularning keskin magʻlubiyati bilan yakunlangan[1]. Bu jang Rustam posho tomonidan yaqin atrofdagi Zivin hududida boʻlib oʻtgan deya qayd etilgan jang bilan bir boʻlishi mumkin.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu jangdan oldin 1543-yilda Usmoniylarning Arzirum beklarbegi Kizil-Ahmadlu nomi bilan ham tanilgan Musa posho gruzin garnizoni joylashgan Oltisi qal’asini (hozirgi Turkiyadagi Oltu) qamal qildi, ammo bu qamal muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi va ular Karagak jangida magʻlubiyatga uchradi. Musa posho jangda halok boʻldi. Oradan 2 yil oʻtib, Usmoniylar katta kuch bilan yana bu hududga qaytdi va Gʻarbiy Gruziyadagi Imeretiya qiroli Bagrat III nazorati ostidagi Samtsxe hududiga bostirib kirdi. Bagrat qoʻshni gruzin hukmdorlarini yordamga chaqirdi, biroq faqatgina Kartli qiroli Luarsab I va Guriya knyazi Rostom Gurieli unga yordamga keldi, Mingreliya knyazi Levan I Dadiani esa bu ittifoqqa qoʻshilishni rad etdi.
Jang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ikki qarama-qarshi qoʻshinlar Basean tumani (hozirgi Turkiyaning Pasinler tumani) chegarasida joylashgan Soxoista nomli hududda toʻqnashdilar. Shahzoda Vaxushtining gruzin yilnomasida jang haqida ayrim tafsilotlar keltirilgan. Bu manbaga koʻra, Samtskhe zodagonlari gruzin podshohlari tomonidan oʻrta asrlardan beri odat boʻlib kelganidek urushning oldingi safida (avangardda) jang qilishlariga ruxsat berilmaganidan norozi boʻlishgan va jangda qatnashishdan butunlay bosh tortishgan. Keskin davom etgan jang tongdan kechgacha choʻzilgan va yakunda Usmoniylarning hal qiluvchi gʻalabasi bilan yakunlangan.
Soxoista jangidagi gʻalaba Usmoniylarga janubi-gʻarbiy Kavkazda ham ustunlikni bergan va ularga Samtskheni bosib olish imkonini yaratgan. Bu yerda ular oʻz homiylari boʻlgan otaliq Kaixosro III ni hokim etib tayinlaganlar. Tortum, İspir va Pasin Samtskhedan ajratilib, Usmoniylar imperiyasiga qoʻshib olingan. Jang, shuningdek, 1555-yilda Usmoniylar va Safaviylar oʻrtasida tuzilgan Amasya tinchlik shartnomasi uchun qulay sharoit yaratgan[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 C. Max Kortepeter (1991), The Ottoman Turks: Nomad Kingdom to World Empire, p. 76. Isis Press, ISBN 975-428-030-4.
- ↑ (turkcha) Dündar Aydın. Erzurum beylerbeyliği ve teşkilatı: kuruluş ve genişleme devri (1535-1566), Ankara 1988, s. 66, 99.