Kontent qismiga oʻtish

Sovet shaxmat maktabi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mixail Botvinnik, taxminan 1969 yil
David Bronstein, taxminan 1968-yil
Mark Taimanov, taxminan 1970-yil

Sovet shaxmat maktabi sovet shaxmatchilari va jurnalistlari tomonidan milliy oʻyin uslubi sifatida eʼtirof etilgan. Rossiya inqilobidan avval shaxmat asosan burjua va yuqori tabaqalarga xos oʻyin hisoblangan boʻlsa-da, Vladimir Lenin hamda boshqa bolshevik rahbarlarining ushbu oʻyinga qiziqishi uni SSSRda davlat rahbarlari tomonidan milliy mashgʻulot sifatida qoʻllab-quvvatlanishiga olib keldi. Sportni sevuvchi Lenin boʻsh vaqtining koʻp qismini ochiq havoda yoki shaxmat oʻynash bilan oʻtkazgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyingina dunyo matbuotida sovet shaxmat maktabiga oid aniq tushunchalar paydo boʻldi. Bu davrda boʻlajak jahon chempioni Mixail Botvinnik boshchiligidagi sovet shaxmatchilar avlodi xalqaro musobaqalarda kutilmagan gʻalabalar seriyasini boshladi[1].

Umuman olganda, SSSRdagi shaxmat mutaxassislari Sovet shaxmat maktabini tezkor va dadil oʻyin uslubi sifatida tasvirlagan boʻlib, buni urushdan keyingi yosh avlod, xususan David Bronstein oʻyini yaqqol namoyish etgan[2]. Biroq barcha sovet shaxmatchilari bu uslubdan foydalanmagan. Eng mashhur istisno Botvinnik boʻlib, grossmeyster Mark Taimanov uni puxta va tizimli oʻyini bilan tanilgan Wilhelm Steinitzga qiyoslagan[3][4]. Sovet shaxmat maktabining asosiy hissasi oʻyinchilar uslubi emas, balki ularning qatʼiy mashgʻulotlar va oʻyinni chuqur oʻrganishga eʼtibor qaratgani, yaʼni shaxmatni sanʼat yoki fan emas, balki sport turi deb hisoblagani edi.

Namunaviy oʻyin

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi oʻyin 1938-yilda Mixail Botvinnik (Oq) va José Raúl Capablanca (Qora) oʻrtasida oʻtkazilgan[5]. Oʻyin Nimso-Hind himoyasi: Oddiy yoʻnalish (ECO kodi E40) bilan boshlangan. Aksar Hind himoyalaridan farqli ravishda, Nimzo-Hind himoyasida darhol fianchetto qoʻllanilmaydi, biroq qoralar koʻpincha …b6 va …Fb7 yurishlari bilan davom etadi. Oq otni bir joyda mixlab qoʻyish orqali qoralar 4.e4 yurishini toʻxtatadi va oqlarga qavat piyoda hosil qilish xavfini soladi. Oqlar esa markazda piyoda ustunligini yaratishga, figuralarini rivojlantirishga va qoralar pozitsiyasiga hujumga tayyorgarlik koʻrishga intiladi. Ushbu oʻyin mittelshpil bosqichida strategiya asoslarini oʻrganish uchun koʻpincha namuna sifatida keltiriladi.

1.d4 Of6 2.c4 e6 3.Oc3 Fb4 4.e3 d5 5.a3 Fxc3+ 6.bxc3 c5 7.cxd5 exd5 8.Fd3 O-O 9.Oe2 b6 10.O-O Fa6 11.Fxa6 Oxa6 12.Fb2 Fzd7 13.a4 Rfe8 14.Fd3 c4 15.Fc2 Ob8 16.Rae1 Oc6 17.Og3 Oa5 18.f3 Ob3 19.e4 Fxa4 20.e5 Od7 21.Fzf2 g6 22.f4 f5 23.exf6 Of6 24.f5 Rxe1 25.Rxe1 Re8 26.Re6 Rxe6 27.fxe6 Kg7 28.Fzf4 Fe8 29.Fe5 Fe7 30.Fa3 Fxa3 31.Oh5+ gxh5 32.Fg5+ Shf8 33.Fxf6+ Shg8 34.e7 Fc1+ 35.Shf2 Fc2+ 36.Shg3 Fd3+ 37.Shh4 Fe4+ 38.Shxh5 Fe2+ 39.Shh4 Fe4+ 40.g4 Fe1+ 41.Shh5 1–0

Botvinnikning ajoyib motli hujumi quyidagicha davom etgan boʻlardi 41.Shh5 h6 42.Fg6+ Shh8 43.e8=R+ Fxe8 44.Fxe8+ Shg7 45.Fe7+ Shh8 46.Shxh6 b5 47.Fg7#

Garri Kasparovning fikricha, Capablanca taslim boʻlgan ushbu oʻyin „oʻz tabiiy isteʼdodlari bilan shaxmat olamida hukmronlik qilgan ulugʻ shaxmat titanlari davrining yakunini ifodalagan. Ana shu tarixiy lahzadan boshlab shaxmatda professional yondashuv muhim va ajralmas omil sifatida tobora katta ahamiyat kasb eta boshladi, bu esa yakuniy muvaffaqiyat sari yoʻlni belgilab berdi“.