Souleymane Diawara
Souleymane Diawara (fransuzcha: Souleymane Diawara)-senegallik futbolchi, himoyachi.1978-yil 24-dekabrda Senegalning Dakar shahrida tavallud topgan.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Senegallik himoyachi professional faoliyatini „Gavre“ klubidada boshlagan va u yerda 5 mavsumda 105 ta oʻyinda maydonga tushgan.2003-yil iyul oyida senegallik „Sosho“ga koʻchib oʻtdi va u yerda uch mavsum oʻtkazdi.Inglizlarning „Charlton“ klubi eʼtiboriga tushdi, ular futbolchi uchun 5,5 million yevro toʻlaganiga afsuslanmadi.Biroq Diawara „Tumanli Albion“ni darrov zabt eta olmadi.U mavsumning yarmidan sal koʻproq oʻyinida maydonga tushdi va Fransiyaga qaytishga majbur boʻldi."Bordo" klubi har doim ham intizomli boʻlmagan oʻyinchini qabul qilishga qaror qildi. Unda Diawara himoya markazida Mark Planyus bilan oʻynashi kerak edi.Biroq „Charlton“ futbolchi uchun avvalroq sarflangan pulni hali ham ololmadi."Bordo" atigi 3,9 million yevroni berdi.2007/08-yilgi mavsumda Diawara „Bordo“ tarkibida jami 32 ta oʻyin oʻtkazgan.Shundan 6 tasi UEFA kubogida boʻlgan, aslida afrikalikning maqtanadigan joyi yoʻq.Oxir oqibat aynan uning himoyadagi eng qoʻpol ikkita xatosi tufayli oʻtakzilgan gollari Belgiyaning „Anderlext“klubini yevrokuboklarda davom etishiga sabab boʻldi.
2010-yil dekabr oyida Diawara raqibga nisbatan qoʻpol oʻynagani uchun Fransiya chempionatining 2 ta oʻyiniga diskvalifikatsiya qilindi.
Terma jamoada hamisha ham ishlar silliq kechavermadi. Senegal terma jamoasining eng hurmatli futbolchilaridan biri sifatida u 2006-yilning avgust oyida Kot-d’Ivuarga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oldidan terma jamoadan chetlatilgan. Keyinchalik Diawara 2008-yilgi Afrika Millatlar Kubogida qatnashishi uchun intizomiy qoidabuzarliklari uchun afv etilgan.Biroq bu voqea senegalliklarning muvaffaqiyati bilan yakunlanmadi.Angolaliklarga imkoniyatni boy berib,Tunis va JAR bilan yoʻllarini ajratib olgan Senegal turnirni guruh bosqichida yakunladi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- "Sosho"
- Fransiya Liga kubogi gʻolibi-2004
- "Bordo"
- Fransiya chempioni-2008/09
- Fransiya chempionatining kumush medali sovrindori-2007/08
- Fransiya Superkubogi sohibi-2008
- Fransiya Ligasi kubogi sohibi-2008/09
- "Olimpik Marsel"
- Fransiya chempioni-2009/10
- Fransiya Ligasi kubogi sohibi- 2009/10,2010/11
- Fransiya Superkubogi sohibi-2010,2011