Sophie Cookson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sophie Cookson
Tavalludi 5-iyun 1990-yil (1990-06-05) (33 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2013-hozirgacha
Bolalari 1 nafar

Sophie Cookson (1990-yil 5-iyunda tugʻilgan) — britaniyalik aktrisa. 2014-yilda suratga olingan Kingsman:Maxfiy xizmat josuslik filmi va uning 2017-yilgi davomi hisoblanmish Oltin halqa nomli filmidagi maxfiy agent Roxanne „Roxy“ Morton / Lancelot obrazi va BBC One efirga uzatgan dramatik serial The Trial of Christine Keelerda bosh rol boʻlmish Christine Keeler obrazini gavdalantirgani bilan mashhur.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cookson Sussexda, keyinroq Suffolkda tarbiyalangan va u yerdagi Woodbridge maktabida oʻqigan. U bolaligidan qoʻshiq aytish va musiqali teatr sohasi bilan shugʻullangan. Yaponiya boʻylab gastrol qilgan teatr kompaniyasining tarkibida boʻlganidan soʻng, Edinburg universitetida sanʼat tarixi va arab tilini oʻrganish uchun aktyorlikni tark etishga qaror qiladi. Biroq, u tez orada aktrisalik faoliyatini davom ettirish uchun oʻqishni tashlab, uch yil Oxford drama maktabida tahsil oladi va 2013-yilda uni tamomlaydi[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aktrisa Oxford drama maktabida tahsil olayotganida J. Meade Falknerning shu nomdagi romani asosidagi Sky One efirga uzatgan miniserial Moonfleetda Grace Mohune rolini ijro etadi. 2014-yilning boshida nemis televizion tarmogʻi ZDF tomonidan ishlab chiqarilgan Rosamunde Pilcherning Unknown Heart romani uchun moslashtirilgan filmida Millie Lancaster obrazida paydo boʻladi.

Shuningdek, 2014-yilda Cookson Lee Tamahorining Emperor filmida ayol bosh roliga tayinlangan edi. Ushbu obraz epik imperator[2] Adrien Brody qarshisida Muqaddas Rim imperatori Karl V[3][4]tomonidan otasini qatl qilgani uchun qasos olmoqchi bo‘lgan yosh ayol haqida boʻladi. Film 2017-yilda Cannesda tugatiladi va namoyish etilishi rejalashtiriladi[5], ammo uning chiqarilishi huquqiy qiyinchiliklar bilan boshqa muddatga suriladi[6]. 2018-yilda u Trafalgar Studiosda Orlando Bloom bilan birga Killer Joe spektaklida Dottie rolini oʻynadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda u aktyor Stephen Campbell Moore bilan Red Joan toʻplamida uchrashib qolishadi; ular 2018-yilning noyabr oyida ishqiy munosabatda boʻla boshlashganligi xabar qilingan[7]. Ularning 2020-yilda tug‘ilgan bir nafar farzandlari bor.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlar va koʻrinishlar roʻyxati
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2014 Kingsman: The Secret Service Roxanne „Roxy“ Morton / Lancelot
2016 The Huntsman: Winter’s War Pippa
2017 The Crucifixion Nicole Rawlins
Kingsman: The Golden Circle Roxanne „Roxy“ Morton / Lancelot
2018 Red Joan yosh Joan Smith
Ashes in the Snow Ona
2019 Greed Lily McCreadie
2021 Infinite Nora Brightman

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Televizion koʻrinishlar roʻyxati
Yil Sarlavha Rol Izohlar
2013 Moonfleet Grace Mohune Miniserial
2014 Unknown Heart Millie Lancaster Televizion film
2017 Gypsy Sidney Pierce Bosh rol
2019-2020 The Trial of Christine Keeler Christine Keeler Bosh rol
TBA The Confessions of Frannie Langton Madame Marguerite Benham Miniserial

Mukofotlar va nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻolib boʻlgan mukofotlar va nominatsiyalar roʻyxati
Yil Mukofot Kategoriya Nomzod ish Natija
2015 Empire Awards Best Female Newcomer
Kingsman: The Secret Service
Nominatsiya
2020 Newport Beach Film Festival Festival Honors Award — Breakthrough
Greed
Gʻolib
2022 Golden Raspberry Awards Worst Supporting Actress
Infinite
Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]