Kontent qismiga oʻtish

Soliha Naciye Kadın

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Soliha Naciye Kadın
Tugʻilishi tax. 1887
Vafoti tax. 1923 (yoshi 3536)
Turmush oʻrtogʻi
Abdulhamid II
(turm. 1904; vaf. 1918)
Farzandlari Shahzoda Muhammad Obid
Samiya Sulton
Toʻliq nomi
turkcha: Zeliha Soliha Atike Naciye Kadın[1]
usmonli turkcha: صالحه عتیقه ناجیه قادین
Uy Ankuap (tugʻilganida)
Usmonli (turbagach)
Otasi Arslonbek Ankuap
Dini Sunniy islom

Soliha Naciye Kadın[a] (usmonli turkcha: صالحه ناجیه قادین – „taqvodor“, „najot topgan va ozod qilingan“; asl ismi – Zeliha Ankuap; tax. 1887-yilda tugʻilgan – tax. 1923-yilda vafot etgan) – Usmoniylar davlati sultoni Abdulhamid II ning soʻnggi xotini[2].

Kelib chiqishi abxazlardan boʻlgan[3] Soliha Naciya Kadın 1887-yilda tugʻilgan[4]. Asl ismi Zeliha Ankuap boʻlib, Aslan Bey Ankuapning qizi boʻlgan[3]. 1901-yilda Kabasakal Mehmed posho uni Yıldız saroyida xizmat qilishi uchun taqdim etgan[5], bu yerda Usmoniylar saroyi odatiga koʻra uning ismi Soliha Naciye deb oʻzgartirilgan[6].

Turmush qurishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xizmatining 3-yilida sulton Abdulhamidning eʼtibori Soliha Naciyega tushgan va ular 1904-yil 4-noyabrda Yıldız saroyida turmush qurishgan. Soliha oʻsha paytda 17 yoshda, sulton esa 62 yoshda boʻlgan. U sultonning soʻnggi, yaʼni 13-xotini edi[4]. Soliha Naciyega „Oltinchi Iqbol“ unvoni berilgan. U juda muloyim va kamtar edi, sulton uning bu xislatlarini qadrlagan[7]. Ularning nikohidan 1 yil oʻtib, 1905-yil 17-mayda Soliha ilk farzandi, oʻgʻli Shahzoda Muhammad Obidni dunyoga keltirgan[8][9]. 3 yildan soʻng 1908-yil 16 yanvarda esa ikkinchi farzandi, qizi Samiya Sulton tugʻilgan. Biroq qizi 1909-yil 24-yanvarda vafot etgan. Qizi tugʻilgach, Solihaga „Beshinchi Kadın“ faxriy unvoni berilgan va u Soliha Naciye Kadın deb atala boshlangan. Soliha Naciye sulton Abdulhamid II ning eng sevimli xotini boʻlib, undan keyin Mushfiqa Kadın va Fatma Pesend xonim turgan[10].

1909-yilgi qoʻzgʻolon chogʻida Kabasakalning („egri soqol“) soqoli qirilgan va omma oldida osib oʻldirilgan[11]. 1909-yil 27-aprelda esa sulton Abdulhamid taxtdan agʻdarilib, Salonikiga surgun qilingan[12]. Naciye u bilan juda yaqin boʻlgani uchun[13] oʻzi va oʻgʻli Obid ham uni kuzatib borgan. Biroq 1912-yilda Saloniki Yunoniston qoʻliga oʻtgach, Abdulhamid Istanbulga qaytarilgan va Beylerbeyi saroyiga joylashtirilgan[7][14]. U yerda 1918-yilda vafot etgan. Soliha Naciye Abdulhamidni tark etishdan bosh tortgan va Mushfiqa Kadın bilan birgalikda Beylerbeyi saroyida uning vafotiga qadar birga qolishga ruxsat soʻragan. Pesend xonim esa buning uchun ruxsat ololmagan va shu sababli erini boshqa hech qachon koʻrmagan. Pesend xonim bundan juda koʻp iztirob chekkan, hatto sultonning vafotidan keyin aza ramzi sifatida sochini qirdirgan[15].

Soʻnggi yillari va vafoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulton Abdulhamidning vafotidan soʻng, Soliha Naciye Serencebeyda joylashgan Shahzoda Mehmed Salimning saroyida yashash uchun koʻchib oʻtgan[16].

Soliha Naciye Kadın 1923-yilda vafot etgan va Divan Yolu koʻchasida joylashgan sulton Mahmud II maqbarasiga dafn etilgan[17][18].

IsmiTugʻilgan sanasiVafot sanasiIzohlar
Shahzoda Muhammad Obid 1905-yil 17-may[19][7][20] 1973-yil 8-dekabr[19][7][20] ikki marta uylangan, farzandsiz
Samiya Sulton 1908-yil 16-yanvar[19][10] 1909-yil 24-yanvar[19][10] Yıldız saroyida tugʻilgan va oʻsha yerda zotiljamdan vafot etgan. Yahyo Afandi qabristoniga dafn etilgan
  • ^ U Atike Naciya deb ham ataladi[21][22]
    1. Banoğlu, Niyazi Ahmet. Anitlari ve tarihî eserleriyle Istanbul. Yeni C̣iǧir Kitabevi, 1963 56-bet. 
    2. Açba, Leyla. Bir Çerkes prensesinin harem hatıraları. L & M, 2004 123-bet. ISBN 978-9-756-49131-7. 
    3. 1 2 Ali Akyıldız. Son Dönem Osmanlı Padişahlarının Nikâh Meselesi, 2018 697–698-bet. 
    4. 1 2 Yılmaz, Ö.F.. Sultan Abdülhamit Han'ın harem hayatı, Eylül Yayınları. Eylül Yayınları, 2002 95-bet. ISBN 978-975-6597-15-6. 
    5. Sakaoğlu 2008, s. 681.
    6. Nahid Sırrı Örik. Abdülhamid'in haremi. Arba, 1989 41-bet. 
    7. 1 2 3 4 Uluçay 2011, s. 252.
    8. Bey, Mehmet Sürreya. Osmanlı devletinde kim kimdi, Volume 1. Küğ Yayını, 1969 126-bet. 
    9. Ali Vâsib. Bir Şehzadenin hâtırâtı: vatan ve menfâda gördüklerim ve işittiklerim. YKY, 2004 73-bet. ISBN 978-9-750-80878-4. 
    10. 1 2 3 Uluçay 2011, s. 259.
    11. McCullagh, Francis. The Fall of Abd-ul-Hamid. London: Methuen & Co. Ltd., 1910 274-bet. 
    12. Hall, Richard C.. War in the Balkans: An Encyclopedic History from the Fall of the Ottoman Empire to the Breakup of Yugoslavia. ABC-CLIO, October 9, 2014 1–2-bet. ISBN 978-1-610-69031-7. 
    13. Tuğlacı, Pars. Türkiyeʼde kadın, Volume 3. Cem Yayınevi, 1985 165, 195-bet. 
    14. Sakaoğlu 2008, ss. 681–682.
    15. Parry, Milman; Lord, Albert B.. Serbocroatian heroic songs, Volume 1. Harvard University Press, 1979 371-bet. 
    16. Akyıldız, Ali. Son Dönem Osmanlı Padişahlarının Nikâh Meselesi, 2018 701-bet. 
    17. Şehsuvaroğlu, Haluk Y.. Asırlar boyunca İstanbul: Eserleri, Olayları, Kültürü. Yenigün Haber Ajansı, 2005 223-bet. 
    18. Banoğlu, Niyazi Ahmet. Anitlari ve tarihi eserleriyle Istanbul. Yeni çigir kitabevi, 1963 56-bet. 
    19. 1 2 3 4 Osmanoğlu 2000, s. 264.
    20. 1 2 Brookes 2010, s. 278.
    21. Sakaoğlu 2008, s. 680.
    22. Örik, Nahid Sırrı. Bilinmeyen yaşamlarıyla saraylılar. Türkiye İş Bankası, 2002 145-bet. ISBN 978-9-754-58383-0. 
    • Brookes, Douglas Scott. The Concubine, the Princess, and the Teacher: Voices from the Ottoman Harem. University of Texas Press, 2010. ISBN 978-0-292-78335-5. 
    • Osmanoğlu, Ayşe. Babam Sulton Abdulhamid. Mona Kitap Yayinlari, 2000. ISBN 978-6-050-81202-2. 
    • Sakaoğlu, Necdet. Bu Mülkün Kadın Sultanları: Vâlide Sultanlar, Hâtunlar, Hasekiler, Kandınefendiler, Sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-6-051-71079-2. 
    • Uluçay, M. Çağatay. Podshohlarning xotinlari va qizlari. Ötüken, 2011. ISBN 978-9-754-37840-5.