Solih Umarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Solih Husanovich Umarov (1921.2.5 — Toshkent — 1995.23.12) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent pedagogika bilim yurtini (1938), kichik leytenantlar kursini (1941) tugatgan. Oʻqituvchilik qilgan va 1940 yildan armiya safida. 1-Belorussiya fronti, 47-armiyaning 76-oʻqchi diviziyasi, 80artilleriya polki batareya komandiri. Germaniyada Vilgelmshtadt aholi punktidagi (1945-yil 2—3.5) koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1945-yil 31.5). Kapitan Umarov Minsk shahrining faxriy fuqarosi. Urushdan soʻng sanoat va xoʻjalikning turli sohalarida ishlagan. Toshkent shahridagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Umarov Solih Husanovich" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil