Solih Ali Abdulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Solih Ali Abdulloh (1942, Sana viloyatining Bayt al-Ahmar qishlogʻi) — Yaman davlat arbobi. Marshal. 1958-yildan Yaman Arab Respublikasi qurolli kuchlari safida. Qurolli kuchlar qoshidagi zobitlar oʻquv yurtini tugatgan (1962). Monarxiyani agʻdarib, respublika tuzumini oʻrnatgan 1962-yil sentabr inqilobida qatnashgan. Bronetank qoʻshinlari bilim yurtida oʻqigan (1964—66). Tank vzvodi, bronetank polki komandiri (1966—75), harbiy okrug qoʻmondoni (1975—78). 1978-yildan Yaman Arab Respublikasi prezident kengashi aʼzosi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni oʻrinbosari. 1978-yil 17-iyuldan Yaman Arab Respublikasi prezidenti, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni. 1990-yil Yaman Arab Respublikasi bilan Yaman Xalq Demokratik Respublikasi birlashgandan keyin Yaman Respublikasi prezidenti.