Sol (vosita)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sol — 1)oʻrmon xoʻjaligida tayyorlangan yogʻochlarni suvda oqizish (tashish) vositasi. Bir-biriga arqon bilan biriktiriladigan gʻoʻlalardan iborat. Ustiga yogʻoch tahlanadi. Odatda, uni kema shatakka oladi (surgaydi), baʼzan suv oqimi bilan suvda oqiziladi. Daryo va koʻlda foydalaniladigan Sol toʻrtburchak shaklda boʻladi, hajmi (tashiladigan yogʻoch hajmi) 30 ming m³ ga yetadi. Dengizda foydalaniladigan Sol sigara shaklida boʻladi, hajmi 1,5 ming m³ ga yetadi. 2) suv transporti sifatida foydalaniladigan platforma (supa). Bir necha xodani, qamishlar bogʻlamini, suvda choʻkmaydigan bochka va yashiklarni yoki puflama rezina tagliklarni bir-biriga biriktirib, ustiga taxta supa toʻshab yasaladi. Soldan, asosan, odamlar, mashinalar va yuklarni suvning bir qirgʻogʻidan ikkinchisiga oʻtkazish uchun foydalaniladi. 3) kema yoki samolyotning qutqaruv majmuiga kiradigan qutqaruv vositasi.