Soib Qurbonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Soib Qurbonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 3-fevral 1988-yil (1988-02-03) (36 yosh)
Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Kumush Toshkent 2016 100kg gacha
Osiyo oʻyinlari
Bronza Inchxon 2014 jamoaviy

Soib Qurbonov (1988-yil 3-fevralda Oʻzbekistonda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik dzyudochi, 100-kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etib keladi. XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati sovrindori, dzyudo boʻyicha Gran-pri sovrindori, Osiyo oʻyinlari va Jahon Universiadasi sovrindori.

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soib Qurbonov 2013-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida 100-kg gacha boʻlgan vazn toifasida bronza medali uchun olib borilgan bahsda germaniyalik dzyudochi Dmitriy Petersga yutqazib qoʻydi[1]. Qozon shahrida (Rossiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Jahon Universiadasida 100-kg vazn toifasida bronza medali qoʻlga kiritadi[2].

U 2014-yil Inchxon shahridagi (Koreya Respublikasi) yozgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan jamoaviy bahslarda bronza medali sohibi boʻladi[3]. 2015-yilda Toshkentda dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Gran-pri turnirida bronza medalini qoʻlga kiritadi[4].

Soib Qurbonov 2016-yilda Toshkentdagi dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 100-kg gacha boʻlgan vazn toifasida turnir finalida Olimpiya oʻyinlari chempioni moʻgʻulistonlik dzyudochi Naidan Tuvshinbayarga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritadi[5]. Budapeshtda (Vengriya) dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Gran-pri bosqichida 100 kg gacha vazn toifasida finalda gollandiyalik Mishel Korrelaga imkoniyatni boy bergan boʻlsa[6], Toshkentdagi bosqichda finalda Ozarbayjonlik Jalil Shukuh ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritadi[7]. 100 kg vazn toifasida Rio-de-Janeyro (Braziliya) birinchi davrada Yevropa chempioni ukrainalik dzyudochi Artyom Blochenkoga imkoniyatni boy berdi[8][9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]