Sodiq Masumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sodiq Aliyevich Masumov (1901.13.5, Ashxobod — 1977.11.1, Toshkent) — xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1946). Turkiston universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1926), shu universitet xirurgiya klinikasida ordinator (1926 — 30), assistent (1930—37), Toshkent tibbiyot akademiyasi umumiy xirurgiya kafedrasida (1943—45), keyin gospital xirurgiya kafedrasida (1951—73) mudir. 1973-yildan professor konsultant. Asosiy ilmiy ishlari Oʻzbekistondagi endemik buqoqni, meʼda va ichakning yara kasalligini xirurgik usulda davolash, endemik buqoq gistopatologiyasiga, qorin boʻshligʻi kasalliklarini aniqlashga oid.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]