Soch toʻkilishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Soch toʻkilishi - sochning butunlay yoki qisman toʻkilishi. Qarilikda St. yosh ulgʻayishi bilan terida yuz beradigan oʻzgarishlarga, shuningdek, soch oqarishi kabi normal fiziologik holatga yoki organizmning umumiy qarishiga bogʻliq. Vaqtdan ilgari St. turli yoshda kuzatiladi, koʻpincha biror betoblik alomati boʻlishi mumkin. Baʼzan soqolmoʻylov, qosh va klpriklar, shuningdek, qoʻltiq osti va qov sohasidagi junlar ham toʻkiladi. Soch toʻkilishiga koʻpincha seboreya sabab boʻladi. Bolalarda St. ogʻir yuqumli kasalliklar (gripp, bezgak, dizenteriya va boshqalar), shuningdek, organizmda vitaminlar (xususan, A, S, V, V6) yetishmasligi, jigar, meʼdaichak, nerv sistemasi, qalqonsimon bez va jinsiy bezlarning surunkali kasalliklari oqibatida roʻy beradi.

Simptomatik St. ayrim yuqumli kasalliklar, mas, zaxmda kuzatiladi, bunda soch tangatanga boʻlib tushib ketadi; bemor tuzalganidan keyin toʻkilib ketgan soch oʻrniga yana soch chiqadi. Oʻta toliqish, uyqusizlik oqibatida ham St. mumkin. Koʻpincha ayollarda Soch toʻkilishiga sochni har xil turmaklash, permanent, yaʼni uzoq saqlanadigan jingalak qilish sabab boʻladi. Vaqtdan ilgari St. oʻrta yashar erkaklarda uchraydi. Bunda ikki chakka va tepadagi soch toʻkila boshlab, bir necha yillardan soʻng butunlay qolmaydi yoki boshning chakka qismida qoladi, yaʼni "tepakal" paydo boʻladi. Odatda, "tepakal" tugʻishgan akaukalarda uchraydi va nayel suradi (tepakallik teri tuzilishining irsiy xususiyatlariga ham bogʻliq). Uya uya boʻlib Soch toʻkilishi nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, shuningdek, organizmning zaharlanishi (chirigan tishlar, tonzillit, gaymorit va boshqa surunkali oʻchoqli infeksiyalar) sabab boʻladi. St. goʻyo toʻsatdan roʻy berganga oʻxshaydi, dastlab 1—2 joydan 20 tiyinlik tangadek kattalikdagi joyda soch toʻkilib, ular kengayib boradi va birbiriga qoʻshilib, xiylagina joyni egallab oladi, bunda soch butunlay tushib ketadi. Soch toʻkilgan yerdagi teri silliq, yaltiroq, yalligʻlanmagan boʻladi. Sochning bu xilda toʻkilishi, odatda, surunkali kechib, unga davo qilish ancha mushkul boʻladi, hatto davolangandan keyin ham Soch toʻkilishi takrorlanishi mumkin. Baʼzan soch piyozcha qismining toʻla rivojlanmaganligi tugʻma Soch toʻkilishiga sabab boʻladi. Ayrim dorilarni surunkasiga ichib yurish yoki sochni notoʻgʻri parvarish qilish oqibatida ham St. mumkin. Davo Soch toʻkilishi ning xili va sababiga qarab olib boriladi. Koʻp Soch toʻkilishining dastlabki alomatlari paydo boʻlganda darhol vrachga uchrashish lozim. St. ga sabab boʻlgan omillar bartaraf etilgandan keyin toʻkilgan soch oʻrniga yangisi chiqa boshlaydi. Soch toʻkilishining oldini olish lozim. Spirtli ichimliklar va chekishga ruju qilmaslik tavsiya etiladi.